Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

"Rangnik haqida eshitmaganman". Ronalduning shov-shuvli intervyusi (davomi)

"Rangnik haqida eshitmaganman". Ronalduning shov-shuvli intervyusi (davomi)

Baho:
+ | -

Bundan bir-necha kun oldin Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergan edi. Va o‘sha mashxur suxbatning birinchi qismi biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarga joylandi. O‘sha shov-shuvli suxbatning bugungi sonida futbolchi nimalar haqida gapirgani va uning to‘liq intervyusini quyida bilib olishingiz mumkin.  

Ronaldu «Yunayted»dan ko‘proq narsani kutgan.

Ronaldu «Yunayted» Rafael Varan va Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng kumush medal uchun kurashadi deb o‘ylaganini tan oldi.

U davom etadi: "Men hayron bo‘ldim. O‘sha yili ular Sancho, Varan va men bilan shartnoma imzolaganimda hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘yladim.

"Ser Aleks Fergyuson atrofidagi tuzilma ham juda muhim edi. Shuning uchun men "Manchester Yunayted" avvalgidek dahshatli jamoa emaslgini bilardim. Lekin bu juda katta muammo emasdi."

Pirs Morganning Rangnik haqidagi tanqidiy fikrini Ronaldu ham maqulladi. 

- Ole-Gunnar Sulsherdan keyin Ralf Rangnikning tayinlanishi sizga «Manchester Yunayted»da ambisiya yo‘qligini ko‘rsatdimi? Men u haqida avval eshitmaganman. Sizchi?

“Men ham eshitmagandim.

Bu odam haqida hech eshitmaganmisiz?

- Yo‘q. Va men gaplashganlarning hech biri uning kimligini bilmas edi.

Siz uni «boss» deb chaqirardingizmi?

- Albatta. Biz uni shunday deyishimiz kerak, chunki u ishga olingan, men buni hurmat qilaman. Faoliyatimdagi barcha murabbiylarni shunday chaqirganman, deb chaqirdim.

Ammo, aslida, men uni hech qachon xo‘jayin sifatida qabul qilmaganman, chunki men uning ishidan rozi bo‘lmaganman.

Bu [klub kabi]  to‘xtab qolgan, chunki bir necha yil murabbiylik qilmasangiz, murabbiy sifatida obro‘ingizni yo‘qotasiz. Bu [tayinlanish] meni juda hayratda qoldirdi va shu bilan birga meni ajablantirmadi. Agar klubda hech narsa o‘zgarmagan bo‘lsa, bu qarorni qabul qilish qiyin emas.

- Rangnik sening yetarlicha pressing qilmayotganingni, balki klubingni o‘zgartirishing kerakligi haqida gapirgan, men o‘yladim: u kim? Nega u gol uradigan odamga shunday deydi?

- Rostini aytsam, men buni tushunmayapman. Yangi murabbiylar kelishadi va ular o‘zini hammadan ko‘ra yaxshiroq bilimga ega deb o‘ylashadi. Men buni tushunmayapman, chunki futbol uzoq yillardan beri rivojlanib bormoqda.

O‘ziga xos yondashuvi yoki o‘z psixologiyasi bo‘lgan har qanday murabbiyni hurmat qilaman, lekin ba’zi masalalarda shunchaki kelishib bo‘lmaydi. Men doim shunday bo‘lganman.

Men har doim eng yaxshi murabbiylar bilan ishlaganman: Zidan, Anchelotti, Mourinyo, Fernando Santush. Men ulardan nimadir o‘rgandim. 

Yakunda men klubga g‘alaba qozonish uchun kelaman va har doimgidek tajribam bilan yordam berishni xohlayman. Ba’zi murabbiylar buni qabul qilmaydi, bu ishning bir qismi.

Rangnik «Yunayted» kabi klubda nima qilayotganini tushundimi?

- Yo‘q. Ular (Rangnik va uning xodimlari - taxminan) klubni yaxshi bilishardi, lekin uning ko‘lamini tushunmasdilar, klub tarixini bilishmasdi, bu meni yanada hayratda qoldirdi. Ole Sulsherni ishdan bo‘shatishda sport direktorini emas, balki top-murabbiyni taklif qilish kerak.

Shuningdek, Ronaldu Sulsher haqida ham gapirdi. 

 "Men Sulsherni yaxshi ko‘raman. O‘ylaymanki, u zo‘r inson edi, chunki mening yuragimda saqlaydigan narsa bu odamlarning mexnati. Ser Aleks Fergyusondan keyin, uning o‘rnini bosish qiyin lekin menimcha, u yaxshi ishladi.

"Unga ko‘proq vaqt kerak. Lekin kelajakda yaxshi murabbiy bo‘lishiga hech qachon shubha qilmayman. Lekin bu yaxshi tajriba bo‘ldi. Men u bilan qisqa muddat ishlaganimdan juda xursand bo‘ldim."

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:29, 17.11.2022.
O'qildi: 4617 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.