Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Baxtiyor Ashurmatov: «Andijon»ni mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz»

Baxtiyor Ashurmatov: «Andijon»ni mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz»

Baho:
+ | -

Pro liga 27-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Turon” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— “Mash’al” jamoasi odatda himoyaviy, qarshi hujumlarga odatlangan futbol namoyish etadi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz muhim edi. Chunki 2-o‘rindan umid uzganimiz yo‘q. Muvaffaqiyat qozonib, intrigani saqlab qolmoqchi edik. O‘ylaymanki, “Xorazm” so‘nggi turda “Buxoro” bilan jiddiy bahslashadi. Biz ham vazifani bajarish uchun oxirigacha kurashamiz.

Birinchi bo‘limda bo‘sh o‘yin ko‘rsatdik. Tanaffusda berilgan ko‘rsatmalar, qilingan o‘zgarishlar o‘z samarasini berib, g‘alaba qozondik. “Mash’al” ham oxirigacha kurashdi. Natijada markaziy himoyachini maydonga tushirdik. Yaxshiyamki, muborakliklar so‘nggi daqiqalardagi vaziyatlarda foydalana olmadi. Omadimiz keldi. G‘alaba qozongan bo‘lsak-da, o‘yindan qoniqish hosil qilmadik. Chunki turnir jadvalida “Buxoro”dan oldinda edik. Keyinchalik 3-o‘ringa tushib qoldik. Bu futbol. Oxirigacha kurashamiz va vazifani uddasidan chiqishga umid qilamiz. “Andijon”ni ham mag‘lubiyatga uchratish uchun maydonga tushamiz.

— Abduraimovni zaxirada oldingiz...
— Taktik o‘zgarish sifatida almashtirdim. “Mash’al” bilan o‘yinda u A’zam Aliyev bilan maydonda ajoyib futbol namoyish etdi. Sardor jamoamiz yetakchisi. Unga hech qanday e’tirozim yo‘q. Faqatgina hisobni saqlab qolish uchun Abduraimov o‘rniga markaziy himoyachini maydonga chiqardik. Bugun Sardor oxirgi o‘yinlardagi eng yaxshi bahsini o‘tkazdi.

Shu o‘rinda jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiramiz. Noqulay ob-havo sharoitida ham Muborakga kelishdi va jamoani qo‘llab-quvvatladi. Ular uchun ham g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

— Pro liganing joriy yildagi saviyasi haqida qanday fikrdasiz?
— Oxirgi yillarga  nisbatan qiziqarli bo‘ldi. Misol uchun “Turon” ochko yig‘in bo‘yicha yuqorida edi. Yuqori beshlikga ajralganidan keyin jamoamiz ko‘p ochko yo‘qotdi. Bahslar qizg‘in tarzda kechdi. Qolaversa, PFL rahbariyati sa’iy-harakatlari bilan o‘yinlar TV orqali olib berilmoqda. Bu ham o‘zgarishlarning samarasi bo‘ldi.

— “Turon”dagi kelajagingiz borasida nima deya olasiz?
— Hozirda bor e’tiborim oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish. Men klub rahbariyati bilan gaplashganimda, mavsum yakuniga qadar ishlash bo‘yicha kelishgandik. Mavsum yakuniga yetganidan so‘ng kelajagim borasida yana gaplashib olishga kelishib olganmiz. Hozir bu haqda hech nima ayta olmayman. Lekin shuni  ayta olamanki, “Turon” o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yadigan, rejali jamoa hisoblanadi. Rahbariyat infratuzilmani yaxshilashga e’tibor bermoqda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 10:26, 17.11.2022.
O'qildi: 2635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.