Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Uoker Angliya termasining JCHdagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Uoker Angliya termasining JCHdagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker Angliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk Eronga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi. Futbolchi oktyabr oyida operasiyani boshdan kechirgan.

“Men qachon qaytishim mumkin? Bosh murabbiy (Garet Sautgeyt) qaroriga bog‘liq. Ehtimol, birinchi o‘yingacha tiklanishga ulgurmasam kerak, lekin keyingi bahslarga albatta tayyor bo‘laman.

Har qanday turnirda o‘z mamlakatingiz sharafini himoya qilish hamisha katta yutuqdir. Lekin menimcha, bu jahon chempionati o‘zgacha, chunki men unda kichik jarohatim bo‘lishiga qaramay ishtirok etyapman. Meni tiklanishimga yordam bergan “Manchester Siti” fizioterapevtlariga rahmat, men Qatardaman”, — dedi Uoker.

Angliyaning jahon chempionatida guruh bosqichidagi raqiblari Eron, AQSH va Uels terma jamoalari bo‘ladi.

Kiritildi: 20:41, 17.11.2022.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик