Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Andijon» klubiga yangi bosh direktor tayinlandi

«Andijon» klubiga yangi bosh direktor tayinlandi

Baho:
+ | -

Bilasiz, “Andijon” klubiga 16 noyabr kuni “Xorazm”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng pro liga Kubogi topshirildi.

Superliga masalasini muddatidan ilgari hal qilib qo‘ygan jamoa allaqachon yangi mavsum rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu borada viloyat hokimi o‘zi faollik ko‘rsatib, jamoani qo‘llab-quvvatlamoqda. Mavjud qarzdorliklarning barchasi bartaraf etildi.

Shuningdek, “Andijon” klubi uchun bayram dasturxoni yozildi. Shahardagi “Balzak” restoranida tashkil qilingan tadbirda murabbiylar, futbolchilar, klub xodimlari, muxlislar, viloyat futboli rahbarlari va albatta Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Shuhratbek Qo‘shoqboyevich, yana bir bor jamoa a’zolarini ajoyib muvaffaqiyat bilan tabriklab, yangi mavsumda ham yangi rejalar va yangi maqsadlar sari oldinga dadil qadam bosish muhimligini ta’kidladi.

Viloyat hokimi jamoa a’zolari bilan uchrashuvda yana bir ayrim masalalarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

Jumladan, “Andijon” klubi rahbariyati o‘zgarish kuzatildi va bosh direktori sifatida Ulug‘bek Mirzayevni tanishtirdi.

“Andijon” futbol klubining yangi bosh direktori – Ulug‘bek Abdusattorovich Mirzayev haqida ma’lumot berib o‘tadigan bo‘lsak, aksar muxlislar ushbu mutaxassisni yaxshi bilishadi. 1978 yilda Andijon shahrida tavallud topgan. Hayotini futbolga bag‘ishlagani bois bu yo‘nalishda qator izlanishlar amalga oshirib kelmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetida O‘zbekiston futbol klublari byudjetini takomillashtirish yo‘nalishida ilmiy izlanish olib borayotganini ta’kidlash joiz. Bunga qadar esa 1999 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2001 yilda Toshkent moliya institutining davlat moliyasini boshqarish yo‘nalishida magistraturani bitirgan. Hammaning xabari bo‘lsa kerak, oxirgi ish joyi Toshkentning “Bunyodkor” klubi bo‘lib, u yerda bir necha yil davomida bosh direktor sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib keldi. Endilikda “Andijon” jamoasida ish boshladi. Lekin jamoa uning uchun begona hisoblanmaydi. Sababi ilgari ham “Andijon” klubida faoliyat olib borgan.

Shu o‘rinda “Andijon” klubi prezidenti sifatida ishlagan Jur’atbek Quvvatov xususida ham to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmaydi. 2020 yilning avgustida jamoani qabul qilib olgan xususiy tadbirkor o‘tgan vaqt davomida futbol uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Eski qarzdorliklarni bartaraf etdi, stadion rekonstruksiya qilindi va nomi “Bobur Arena”ga o‘zgartirildi. Bo‘ston dahasidagi bolalar futbol maktabida jamoa uchun baza qurildi. Bir so‘z bilan aytganda, “Andijon”ning Superligaga qaytishi uchun mehnat qildi. Shu sababli Jur’atbek Quvvatovga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Yodingizda bo‘lsa, yaqinda klub rasmiy kanali orqali yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda jamoamizning sardori va yetakchisi Ildar Mamatkazin eng ko‘p ovoz to‘plagan holda “Andijon”ning 2022 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. E’tiborlisi, viloyat hokimi shaxsan o‘zi Mamatkazinni yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilganini e’lon qilgan holda uni tabrikladi va mukofot sifatida uy sovg‘a qildi.

Bu hali hammasi emas. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ashaddiy muxlislarni ham alohida e’tirof etib o‘tdi. Ayniqsa, Nodirbek To‘ychiyev boshchiligidagi fan-klub yana bir bor alohida mavzuga aylandi. Barcha yaxshi biladiki, jamoamizning fan-klubi O‘zbekistonda muxlislik qilish bo‘yicha birinchi raqamlisi hisoblanadi. Har o‘yinda yangidan-yangi bannerlar, performanslar yaratib stadiondagi muhitning jozibadorligini oshirib kelmoqdalar. Jamoamizning muvaffaqiyatida shubhasiz To‘ychiyev boshchiligidagi muxlislarning ham hissasi katta bo‘ldi. Ularning jo‘shqinligini, faolligini yaxshi bilib turgan viloyat hokimi ushbu bayramona tadbirda Nodirbek To‘ychiyev boshchiligidagi fan-klubga “Tracker” mashinasini sovg‘a qildi.

Shu tariqa, bayramona tadbir chiroyli tarzda o‘tkazildi. Oldinda jamoani 21 noyabr kuni pro liganing so‘nggi turi doirasida safarda “Turon”ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Viktor Kumikov boshchiligidagi futbolchilar bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni boshladilar.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:54, 18.11.2022.
O'qildi: 2188 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.