Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Gruzincha katta «g‘alayon»

Gruzincha katta «g‘alayon»

Baho:
+ | -

Joriy yilgi Gruziya kubogi turniri tarixga yorqin harflar bilan yozilishi tayin.

Diqqat qiling, daraja bo‘yicha 4-o‘rinda turuvchi divizionda qatnashayotgan o‘rinbosarlar jamoasi mamlakat kubogi finaliga chiqdi. Gap Tbilisining «Lokomotiv-2» klubi haqida ketmoqda. Eng qizig‘i, «temiryo‘lchilar»ning asosiy jamoasi musobaqa bilan 1/8 finaldayoq xayrlashgandi.  Quyidagi hikoya shu ajib sensasiya haqida.

«Lokomotiv» (Tbilisi) - 2 yilcha muqaddam YEL saralashida Moskva «Dinamo»sini sharmanda qilgan klub. To‘g‘ri, «temiryo‘lchilar» hozirda Gruziya ligasida ancha qiynalmoqdalar. Aniqroq aytsak, «Loko» endi yevrokuboklarda emas, aksincha, milliy chempionat turnir jadvalining oxirgi pog‘onasida. Boz ustiga, elitada qolishiga umid ham yo‘q. Mana, dahshat darajasini o‘zingiz baholang: 32ta turda atigi 8 ochko (1ta g‘alaba, 5ta durang va 26ta mag‘lubiyat). Jamoada gollar nisbati ham o‘ta ayanchli - 26:92. Xullas, «Loko» turnir jadvalida eng yaqin jamoadan naq 22 ochko ortda qolmoqda. Muvaffaqiyatsizlikning sababi oddiy - homiy bahorda klub rahbariyatini yangilash barobarida byudjetni ham ancha qisqartirdi. Chunki jamoada maoshdan katta qarz yig‘ilib qolgandi. Endi «Loko» asosan ijara sharti bo‘yicha kelganlar va o‘z tarbiyalanuvchilariga tayanib ish ko‘rmoqda.

«Lokomotiv» uchun shunday murakkab vaqtda jamoaning to‘rtinchi divizionda qatnashayotgan o‘rinbosarlari kutilmaganda, kuchli sensasiyani yuzaga keltirishdi. Ayni payt o‘z divizionida 2-o‘rinda borayotgan «Loko-2» yuqoriga ko‘tarilish uchun yaxshigina imkoniyatga ega. Lekin yosh «temiryo‘lchilar» asosiy mo‘’jizani mamlakat kubogida ko‘rsatishdi. To‘rtinchi divizion vakilining finalga chiqqanini ifodalashda «mo‘’jiza» iborasidan foydalanmaslik mumkin emas. Qo‘shimchasiga, «Lokomotiv-2» hal qiluvchi o‘yin yo‘lida Oliy divizionning 3ta jamoasini kurashdan chetga chiqarib yubordi. Vaholanki, «Lokomotiv»ning asosiy jamoasi kubok turnirida atigi bitta bosqichdan o‘tdi va 1/8 finalda ikkinchi liga a’zosi «Shukura» (Kobuleti)ga bas kelolmadi - 0:2.

«Lokomotiv-2» ajabtovur yurishini boshlang‘ich saralash raundlaridan boshladi. Yosh «temiryo‘lchilar» avvaliga «Merani» (Tbilisi)ning uchinchi divizionda o‘ynaydigan o‘rinbosarlar jamoasini «overtaym» orqali «aut»ga chiqarishdi - 3:1. Jamoa ke­yingi bosqichda yana bir derbida beshinchi liga ishtirokchisi «Varketili-2»ni ham 3:1 hisobida yengdi. Shu tariqa to‘rtinchi dizivion vakili 1/16 finalga qo‘shildi va darhol o‘ta jiddiy raqibga duch keldi - hozirda elitada 3-o‘rinda borayotgan «Samgurali». Qarang­ki, «temiryo‘lchilar» yaqqol autsayderlikni tan olmay, bu jamoani yagona gol evaziga dog‘da qoldirishdi.

«Loko-2»ni 1/8 finalda yana bir elit klub - «Telavi» qarshi oldi. Bu safar o‘rinbosarlar o‘yinning asosiy qismida 1:1 hisobini saqlagan holda, penaltilar seriyasi orqali chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi (4:2). Yarim final yo‘lida esa «lokochilar»ga nisbatan omad kulib boqdi. Ya’ni qur’a ularga uchinchi liga vakili «Guriya»ni to‘qnashtirdi. Yakunda yana 1:0 va farm-klub final ostonasida! Mana, «Loko-2» noyabr oyi boshida yuqori divizionda 6-o‘rinni egallab turgan «Saburtalo»ni ham musobaqadan chiqarib yubordi. Golsiz durangdan keyin hammasi penaltilar seriyasida hal etildi. To‘g‘ri, o‘yinda qandaydir drama ham kuzatildi. Deylik, «Saburtalo» 53-daqiqada 10 kishi bo‘lib qoldi. Qolaversa, nisbatan cho‘zilgan penaltilar seriyasi ham   omadli «Loko»ga kulib boqdi. Binobarin, yosh «temiryo‘lchilar» birinchi zarbani golga aylantirmagan bo‘lsalarda, yakunda 7:6 hisobida ustun kelishdi.

Yo‘q, «Loko-2» tarkibida faqat 16 yoshli yigitchalar o‘ynashmadi, lekin jamoa murabbiyi maydonda o‘smirlarni ham sinab ko‘rdi. Har holda, kubok turnirining hal qiluvchi bosqichlarida «dubl»ni asosiy jamoaning ba’zi futbolchilari bilan kuchaytirish amaliyoti yo‘q emas. Faqat «Lokomotiv»ning asosiy tarkibi chempionatda mutlaqo noshud ko‘rinayotganini ham unutmaslik kerak. Fakt bitta: «Loko-2»ning kubokdagi ertagi bardavom!

Gruziya kubogi finali 7 dekabr kuniga belgilangan. «Lokomotiv-farm» Batumida o‘tkaziladigan hal qiluvchi bahsda Kutaisi «Torpedo»siga qarshi maydonga tushadi. Umuman, Gruziya futboli tarixida to‘rtinchi divizion ishtirokchisi ilk marta finalga yo‘l oldi. Endi bitta savol qolmoqda: «Loko-2» 1980 yili Ispaniya kubogida «Kastilya» tomonidan qayd etilgan noyob natijani yangilay oladimi? Ma’lumot uchun, «Real» o‘rinbosarlar jamoasi o‘shanda finalga chiqqan va aynan «Qirollik klubi»ning asosiy tarkibiga 1:6 hisobida yutqazgandi. Darvoqe, «Lokomotiv»ning o‘zi Gruziya kubogida 3 marta (2000, 2002 va 2005 yillar) zafar quchgan. Endi esa o‘rinbosarlar sensasion tarzda klub kolleksiyasini to‘ldirish imkoniyatiga egalar.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:57, 18.11.2022.
O'qildi: 2278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.