Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

«Fergyuson o‘zidan keyin klubda katta bo‘shliq qoldirib ketgan ekan». Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusi e’lon qilindi

«Fergyuson o‘zidan keyin klubda katta bo‘shliq qoldirib ketgan ekan». Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning The Times nashriga bergan intervyusining to‘liq versiyasi e’lon qilindi. Quyida uning ayrim qismlari o‘zbek tilida taqdim etiladi.

«Manchester Yunayted» infrastrukturasi haqida
Manchester «Real» va «Yuventus»dan ham juda orqada qolib ketgan. 13 yil ichida klubda hech narsa o‘zgarmagan. Bu men uchun yoqimsiz syurpriz bo‘ldi.

«Manchester Siti»ga o‘tmagani haqida
Ser Aleks Fergyuson menga: «Hey, sen bu jamoada o‘ynashing mumkin emas» dedi. Men esa: «Okey, boss» deb javob berdim».

Messi haqida
Messi haqida faqat yaxshi narsalarni gapirishim mumkin. U hammasini faqat futbol uchun qilyapti. Ha, u men ko‘rgan, o‘zim qarshi o‘ynagan, kurashganlarim orasida eng yaxshilaridan. Qoyilmaqom, sehrgar futbolchi.

U bilan 16 yil bir sahnani bo‘lishib kelyapmiz. Tasavvur qilyapsizmi? 16 yil-a! U bilan munosabatlarim juda yaxshi. Ha, har kuni bir-biriga qo‘ng‘iroq qiladigan, uylarimizga tez-tez mehmon bo‘lib kelib turadigan darajada do‘stlar emasmiz. Biroq jamoadosh singari munosabatlarga egamiz. Uning men haqimdagi fikrlariniyam juda hurmat qilaman.

Messi bilan birga ovqatlanish haqida
Nega endi yo‘q? Men insonlar bilan uchrashishni, g‘oyalar almashishni va nimanidir o‘rganishni yaxshi ko‘raman. Buni bajonidil qilgan bo‘lardim.

Tanqidlar haqida
Endi meni tez-tez tanqid qilishni boshlashdi va buning sababini tushunmayman. Muammoning bir qismi — hasad. Men yolg‘on va axlatdan iborat matbuotni o‘qishni yoqtirmayman.

Vafot etgan farzandi haqida
O‘g‘limning xokini otamning xoki yonida saqlayman. Ular bilan doim suhbatlashaman. Ular menga eng yaxshi erkak, eng yaxshi ota bo‘lishimga yordam beradi.

Qadriyatlar haqida
Faqat meni yoqtiradigan insonlar haqida qayg‘uraman. Meni xushlamaydigan insonlarga esa vaqtimni sarflamayman.

Fergyusondan keyingi bo‘shliq
Men klub bilan shartnoma imzolagan vaqtimda, ular Sancho va Varanni ham safga qo‘shib oldi. Buni ko‘rib hammasi «Manchester Yunayted»da qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘lyapti deb o‘yladim. Ammo bu xato chiqdi. Ser Aleks o‘zidan keyin klubda katta bo‘shliq qoldirib ketgan ekan.

Instagram haqida
Bundan g‘ururlanaman (obunachilari eng ko‘p shaxsligidan). Bu men uchun juda ko‘p narsani anglatadi, ya’ni men insonlarga yoqishimni bildiradi. Nega men birinchiman? Nega aynan men? Ba’zan bu haqida o‘zimdan ham so‘rab turaman. Yaxshi tashqi ko‘rinish ham bunga yordam beryapti deb o‘ylayman. Shuningdek, mendagi xarizma ham. Men xuddi mazali mevaga o‘xshayman. Hamma mendan tatib ko‘rgisi keladi. Aynan qaysi meva? Balki, qulupnaydir.

Ibrat haqida
Men boshqalar ibrat olishi uchun namunaman. Mashg‘ulotlarga birinchi bo‘lib kelaman, oxirgi bo‘lib ketaman. Yosh o‘yinchilarning eng yaxshilardan o‘rnak olmayotganlaridan hayratdaman, bunday futbolchilarning faoliyati uzoq davom etmaydi.

Hech qaysi jamoa o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamagani haqida
Yozda katta mablag‘li taklif bo‘lgani rost. Ammo men «Manchester Yunayted»da baxtli edim va yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazishga bel bog‘lagandim. Biroq OAV Krishtianuni hech qaysi jamoa xohlamayotgani haqida yozdi. Qanday qilib o‘tgan mavsumda 32 ta gol urgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamaydiganlar bo‘lishi mumkin?!

«Arsenal» haqida
Birinchi o‘rinda «Manchester Yunayted» muxlisiman. Agar biz APLda chempion bo‘la olmasak, u holda «Arsenal» g‘olib chiqishini xohlardim. Bu jamoa va uning murabbiyi menga yoqadi. Ularda hozir yaxshi jamoa bor.

Rangnik haqida
Sulsherni iste’foga chiqargandan so‘ng klubga top murabbiyni taklif qilish kerak edi, sport direktorini emas.

Sulsher haqida
U bilan birga ishlashdan baxtiyor edim, hatto bu uzoq davom etmagan bo‘lsa ham. Bu juda yaxshi tajriba bo‘ldi.

Ten Hag haqida
Hurmat yuzasidan «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushirmasliging yaxshi, ammo «Tottenhem»ga qarshi 3 daqiqa uchun maydonga tushirmoqchiliging… Bu umuman mantiqsiz-ku. Uni tanqid qilishni istamayman. Uning boshqa fikri bo‘lishi mumkin.

U o‘z qarashlariga ko‘ra jamoa uchun yaxshi bo‘lgan futbolchilarni tanlaydi. Hurmatga loyiq insonni hurmat qilmayapti. Ha, bu bor narsa. Balki, shuning uchun ham «Tottenhem» bilan o‘yinda erta ketib qolgandirman… Murabbiyning meni 3 daqiqa maydonga tashlashga haqqi yo‘q. Kechirasiz, men bunday o‘yinchimasman. Jamoaga nima bera olishim mumkinligini yaxshi bilaman.

Hozirgi holati haqida
Hozir 20 yoshimdagidek holatdaman deb aytishni xohlamayman. Biroq har doim vaziyatga moslashib kelganman, chunki kuchli tomonlarimni bilaman. Hamon yuqori darajada o‘ynayapman, gollar uryapman — agar o‘zimni baxtli his qilsam, buni davom ettiraman. Va albatta atrofimda menga bu borada yordam beradigan, xususan, murabbiy, prezident va klub rahbariyati bo‘lsa.

Biroq yoningda kerakli energiyani his qilmasang, o‘zingda qolish qiyin. Aynan shu narsa menda sodir bo‘ldi. Ha, tanqidlardan qochib bo‘lmaydi: «Oh, allaqachon u 37 yoshda, endi u avvalgidek emas». Kimdir shu yoshda mening darajamda o‘ynay oladimi yoki yo‘q shuni ko‘rishni xohlardim. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman va mundialni yaxshi o‘tkazishga ishonyapman.

«Manchester Yunayted»ga qaytishi haqida
Hozir JCH—2022 ga bor e’tiborim qaratilgan. Bu, ehtimol, so‘nggi turnirim. Undan keyin nima bo‘lishini bilmayman, biroq muxlislar doim qalbimda qoladi — jamoaga qaytish yoki qaytmasligimdan qat’i nazar.

Hech kim mukammal emas. Men ham odamman, xatolar qilaman. Klubga kelgan vaqtimda jamoaga yordam berishni, kuchli klublarga qarshi kurashda ko‘maklashishni, nimadir yaxshiroq narsa qilishni xohlagandim. Biroq qanotlaringni kesishganda, porlashingni xohlashmaganda, sening maslahatlaringga quloq tutishmaganda buni bajarish o‘ta qiyin.

Motivasiyam bir necha oy ichida o‘zgardi. Menga yangi chaqiriq kerak deb aytishni xohlamayman. Ammo men va «Yunayted» uchun ham yangi sahifa, ehtimol, foydali bo‘lar. Agar qaytadigan bo‘lsam, so‘nggi yillarda boshqa jamoalar safida qanday porlagan bo‘lsam, shunga imkon berishlariga umid qilaman.

Faoliyatini yakunlash haqida
Yana ikki yoki uch yil o‘ynashni istayman. Bu maksimum. Faoliyatimni 40 yoshda yakunlamoqchiman. Bu yaxshi yosh deb hisoblayman. Biroq bilmadim, kelajakda nima bo‘lishi noma’lum.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:58, 18.11.2022.
O'qildi: 5333 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.