Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Roma" himoyachisi "Yuventus" va "Marsel" nishonida

"Roma" himoyachisi "Yuventus" va "Marsel" nishonida

Baho:
+ | -

"Roma" himoyachisi Erik Karsdorpga "Yuventus" va "Marsel" qiziqish bildirmoqda. Klublar allaqachon 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi bo‘yicha so‘rovlarni yuborishgan, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira.

Oldinroq niderlandiyalik futbolchining "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan munosabatlari butunlay izdan chiqqani, u yanvarda jamoani tark etishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Avvalroq portugaliyalik murabbiy futbolchilardan biri “jamoaga xiyonat qilgani” va unga yangi klub izlash kerakligini aytgandi.

Karsdorpning "Roma" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 9 million yevroga baholamoqda.

U joriy mavsumda “Roma” safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 01:31, 21.11.2022.
O'qildi: 1216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик