Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda - Shtutgart
27/11 22:45 Shturm - Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako - Benfika
28/11 01:00 Aston Villa - Yuventus
28/11 01:00 Bolonya - Lill
28/11 01:00 Seltik - Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb - Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul - Real Madrid
28/11 01:00 PSV - Shaxtyor

Shartnomalardagi ajabtovur bandlar

Shartnomalardagi ajabtovur bandlar

Baho:
+ | -

Futbol olamida nimalar yuz bermaydi, deysiz. Jumladan, kelishuvga erishish uchun tomonlar shartnomaga g‘aroyib bandlarni kiritishgan. E’tiboringizga o‘ta antiqa shartlarni havola etamiz.

Tungi klublarga oid band
O‘z vaqtida Ronaldinyo o‘ta noyob iqtidor sohiblaridan biri, balki ko‘ngilochar kechalar shaydosi ham edi. Uni o‘z tarkibida ko‘rishni istagan «Flamengo» (2011-2012 yillarda o‘ynagan) o‘zaro shartnomaga tungi klublar xususidagi bandni kiritgandi. Shartga ko‘ra, futbolchi haftada ikki marta shunaqa muassasalarga kirish huquqiga ega bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu band hujumchining talabi bilan shartnomaga kiritilgan. Faqat shundan keyin u kelishuvga imzo chekkan. Braziliyalik afsona «Flamengo» libosida 44 marta maydonga tushib, 19ta gol va 13ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

«Arsenal»ga o‘zgacha munosabat
2013 yilda «Liverpul» sohibi Jon Genri «Arsenal»ning «qizillar» hujumchisi Luis Suaresni xarid qilish xususidagi taklifini o‘tkir kinoya bilan qarshi olgandi. O‘shanda londonliklar urugvaylik futbolchi uchun 40 mln. funt taklif etishgan, keyin yana 1 funt qo‘shib qo‘yishgandi. Ha, ha, aynan 1 funt! «Nima deb, o‘ylaysiz, Londonda ular nima chekadilar?», - deb yozgandi Genri jahl bilan o‘z tvitterida. Taklifdan qattiq ranjigan «Liverpul» kontraktlarning biriga o‘zgacha bandni kiritdi. Hujumchi Roberto Firmino bilan tuzilgan shartnomada xarid bahosi 83 mln. funt qilib belgilangan. Uni istalgan klub xarid qilishi mumkin. Faqat «Arsenal»dan tashqari.

Fazoga parvoz taqiqlanadi

1999 yilda Sanderlend» «Valensiya»dan yarim himoyachi Stefan Shvarsni xarid qilgandi. O‘shanda JCH-94ning bronza medali sohibi uchun ingliz klubi 4 mln. funt sarflagandi. Kontrakt tuzilayotgan pallada qiziqarli ma’lumot oshkor bo‘ldi. Shvesiyalik futbolchining agenti fazoviy parvozlardan biriga o‘zi uchun buyurtma bergan ekan. Angliyaliklar agent Shvarsni ham parvozga jalb etishidan xavotirlanib, shartnomaga parvozlarni taqiqlovchi bandni qo‘shib qo‘yishdi. Stefan «Sanderlend»da 4 yil to‘p surib, keyin faoliyatini yakunladi.

Pazandalik kurslari
Afrikalik yarim himoyachi Rolf-Kristel Gye Myan 1997 yilda Germaniyaga yo‘l olib, 15 yildan ko‘proq to‘p surgandi. «Ayntraxt» safiga o‘tayotganida, futbolchi klub mutasaddilari oldiga o‘z rafiqasi uchun pazandalik kursini topib berish talabini qo‘ygandi. Gye Myan 2012 yilda butsalarini mixga ilib, Germaniyada qoldi.

Qizil butsalarga taqiq
Taniqli niderlandiyalik yarim himoyachi Rafael van der Vart 2015 yilda «Betis» bilan shartnoma imzolagandi. Unga g‘ayri-tabiiy shart qo‘shimcha qilingandi - futbolchi qizil rangli butsalarni kiyishi mumkin emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, qizil rang «Betis»ning ashaddiy raqibi bo‘lgan «Sevilya»ning ramzi ekan. Mana shu shartni bajarish evaziga Rafael har oy klubdan 115000 yevro qo‘shimcha haq olgan, taqiq futbolchiga 1,6 mln.ga yaqin daromad keltirgan.

Shahar tashqarisidan uy olmoqchi edi, o‘yinchoq uyga  ega bo‘ldi
Hujumchi Juzeppe Reyna ishtirokidagi kulgili voqea. 90-yillarda «Arminiya»ga yo‘l olgan futbolchi klub mutasaddilaridan har mavsum arafasida shahar chetida uy qurib berishni talab qilgandi. Reyna shu tariqa 3ta ko‘chmas mulk ob’ektiga ega bo‘lmoqchi edi. Chunki shartnoma 3 yilga mo‘ljallangandi. Biroq futbolchi jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ygan - uyning o‘lchamlari va qayerda bo‘lishi ko‘rsatilmagandi.

Xatolikdan unumli foydalangan «Arminiya» Reynaga har mavsum arafasida Lego ishlab chiqargan o‘yinchoq uylarni sovg‘a qilib, kattagina mablag‘ni tejab qoldi. Shahar chetidagi uy esa Reyna uchun orzuligicha qolaverdi.

«Uchmas golland»ning o‘ziga  xos sharti
Afsonaviy Dennis Bergkamp aerofobiya xastaligi tufayli «Uchmas golland» laqabini olgandi. Samolyot trapiga yaqinlashishi bilan, uning vujudini kuchli qo‘rquv egallab olardi. Shu sababli 1995 yilda Dennis «Arsenal»ga kelganida, shartnomasida u har qanday aviaparvozlaridan ozod etilganligi belgilab qo‘yildi. Natijada futbolchi yaqinroq masofadagi safar uchrashuvlariga klub avtobusida yoki shaxsiy mashinasida borar, olisdagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborardi. 1999 yilda Florensiyadagi YECHL uchrashuvida ishtirok etish uchun 2 kun avtomashinada yo‘l bosgandi.

Tog‘ chang‘isiga taqiq
Norvegiyalik himoyachi Stig Inge Byornebyu 1992 yilda «Liverpul»ga o‘tib, 8 yil to‘p surgandi. Futboldan tashqari, chang‘ida tramplindan sakrash ham uning sevimli sporti edi. Stigning otasi taniqli chang‘ichi bo‘lib, 2ta qishki Olimpiya O‘yinlarida ishtirok etgandi. Bundan xabardor bo‘lgan «Liverpul» rahbariyati Byornebyuga tog‘chang‘i trassalariga yaqinlashishni taqiqlab qo‘yishdi. U trassadan 200 m. uzoqlikdagina turishi mumkin edi.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 21.11.2022.
O'qildi: 2881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.