Fransiya terma jamoasi muxlislari uchun xushxabarni jamoa bosh murabbiyi Didye Desham aytdi. Mutaxassis jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida markaziy himoyachi Rafael Varan to‘liq tiklanishini ma’lum qildi.
"Varan yaxshi holatda. U 2022 yilgi jahon chempionatining ochilish o‘yinida maydonga tushishga tayyor", - deya xabar beradi murabbiy.
Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida «uch ranglilar» Avstraliya terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.