Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga. 2023 yilgi mavsumda musobaqa formati o‘zgarishi mumkin (video)

Superliga. 2023 yilgi mavsumda musobaqa formati o‘zgarishi mumkin (video)

Baho:
+ | -

Shu yilning 19-sentyabr kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga bosh murabbiylari hamda tashkilot Ijroqo‘mi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Mazkur yig‘ilishda murabbiylar tomonidan chempionat uchrashuvlari sonini oshirish masalasi ham ko‘tarildi. Ayrimlar taklifiga ko‘ra, buning uchun ligada jamoalar sonini 16 taga yetkazish kerak. O‘zbekiston Professional futbol ligasi esa Superliga va Pro liga o‘rtasidagi sport prinsiplarini hurmat qilishga chaqirishi barchaga ma’lum. O‘yinlar sonini esa boshqa yo‘l bilan ham oshirish imkoniyati mavjud.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL taklif ishlab chiqdi. Tez orada u muhokamaga qo‘yiladi. Taklif etilayotgan formatda ilk navbatda futbol muxlislarining xohish-istaklari inobatga olingan. Ya’ni, bunda markaziy o‘yinlar sonini ko‘paytirish hamda o‘tkinchi o‘yinlar sonini kamaytirish masalasi asosiy planga olib chiqilgan.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi nafaqat 16, balki 18 talik ligani ham amalga tadbiq qilishi mumkin. Biroq buning uchun O‘zbekistonda lisenziyalash talablariga to‘liq javob beradigan kamida 20-22 ta klub mavjud bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda esa bizda bunday klublar soni 12-14 tani tashkil qiladi. Teletranslyasiyalardan pul ishlash hamda foydani jamoalar o‘rtasida taqsimlash darajasiga yetib borilguniga qadar biz ligani kuchaytirishning boshqa muqobil variantlarini izlashga majburmiz.  

Taklif etilayotgan format loyihasi bilan quyida tanishish mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:25, 22.11.2022.
O'qildi: 3779 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик