Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ana, xolos! Futbolka emas, g‘alaba kerak!

Ana, xolos! Futbolka emas, g‘alaba kerak!

Baho:
+ | -

Joriy mavsum APLda ishlari sira yurishmayotgan «Everton» 16-turda yana bir og‘riqli mag‘lubiyatga yuz tutdi.

Liverpul klubi bu safar kamtarin «Born­mut» maydonida «tish»siz ko‘rindi va ortga 0:3 hisobi bilan qaytdi. Jamoa ortidan Bornmutga borgan liverpullik muxlislar esa final hushtagi chalinganidan so‘ng futbolchilardan mutlaqo norozi ekanliklarini ochiq-oydin namoyish etishdi.

«Everton» yetakchilaridan biri Aleks Ivobi muxlislarni tinchlantirish va umumiy vaziyatni yumshatishni o‘yladi, chog‘i, tribunaga yaqinlashib, egnidagi futbolkani yechdi va olomon o‘rtasiga tashladi. Biroq behuda. Aksincha, Ivobining bu xatti-harakati alamzada muxlislar g‘azabini yanada kuchaytirdi. Xullas, «Everton» yetakchisiga tegishli klub futbolkasiga hech kim qiyo boqqani yo‘q. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, g‘alaba, loaqal durang ilinjida klub ortidan safarga chiqqan muxlislar formani futbolchining o‘ziga qayta uloqtirishdi.

Ha, bugun «Everton» muxlislariga havas qilib bo‘lmaydi. Ayni holatda ularni bitta futbolka bilan tinchlantirishning iloji yo‘q. G‘alaba bo‘lsa, boshqa gap. Axir APL tarixida hali biror marta qo‘yi divizionga tushmagan jamoa hozir turnir jadvalining 17-qatorida turibdi. Eslatma, «Everton» o‘tgan mavsum elitada bir amallab ilinib qolgandi. Tabiiyki, muxlislar yana shunday bo‘lishini aslo xohlamaydilar.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 22.11.2022.
O'qildi: 3283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.