Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Yaponiyaga qarshi (1:2) JCH-2022 uchrashuvida gol urdi.
33-daqiqada u penaltini golga aylantirdi. Bu to‘p uning jahon chempionatlari tarixidagi birinchisi edi.
Gyundogan jarohati sabab JCH-2014ni o‘tkazib yuborgan edi. JCH-2018da u Shvesiya bilan o‘yinda atigi 59 daqiqa o‘tkazdi (1:2).