"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli ta’tilini muddatidan avval yakunladi va turinliklar safida mashg‘ulotlarga qaytdi. Italiya klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri JCH-2022 dagi tanaffus tufayli futbolchilarga uzoq muddatli ta’til berdi, deb xabar beradi insayder Janluka Di Marsio.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi 2022/23 yilgi mavsum davom etgunga qadar yaxshi holatda bo‘lishni istamoqda.
24 yoshli Lokatelli joriy mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.