Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Angliyaga sig‘magan iste’dodlar. "Uch sherlar" sharafini kimlar himoya qilishi mumkin edi?

Angliyaga sig‘magan iste’dodlar. "Uch sherlar" sharafini kimlar himoya qilishi mumkin edi?

Baho:
+ | -

Angliya FA bir kun kelib, bu futbolchilarni saqlab qola olmagani uchun afsus chekishi mumkin. Ayni damda Qatarda Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. U yerda asli Angliyada tug‘ilib o‘sgan, lekin boshqa yurt sharafini himoya qilayotgan futbolchilar bisyor. Quyida shu haqida gap boradi.

Jamal Musiala – Germaniya

Dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilardan biri bo‘lgan Musiala, hozirda Germaniya sharafini himoya qilmoqda. 19 yoshli futbolchi Germaniyada nigeriyalik ota va polyak ildiziga ega bo‘lgan onadan dunyoga keladi. 7 yoshidan boshlab Jamal Angliyada ulg‘ayadi. 8 yil davomida "Chelsi" akademiyasida bo‘lgan futbolchi, 2019 yilda "Bavariya"ga kelib qo‘shilgan. Musiala 15, 17, 21 yoshli Angliya termasida harakat qilgan. U 2021 yilning fevral oyida nemislar sharafini himoya qilishini bildirgandi.

Itan Ampadu – Uels

Ampadu Irlandiya, Angliya, Gana hamda Uels terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin edi. U 16 yoshli bolalar tarkibida Angliya termasida debyut qilgan. Ammo, keyinchalik, "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Uelsni tanlagan. U Jahon chempionatida AQSHga qarshi kechgan bahsda (1-1) to‘liq maydonda bo‘ldi.

Metti Kesh – Polsha

"Aston Villa" futbolchisi Angliyaning hech bir yosh toifasiga chaqiruv olmaydi. Shundan keyin, Kesh Polsha fuqaroligini qabul qiladi. Uning onasi polyak edi. O‘tgan yili u Polsha safida debyut qildi. 25 yoshli qanot himoyachisi Qatardagi turnirda asosiy jamoa safida harakat qilmoqda.

Brennan Jonson – Uels

Yana bir Angliya termasiga qabul qilinmagan futbolchilardan biri Jonsondir. "Nottingem Forest" a’zosi bu mavsum APLda porlamoqda. Uning otasi asli yamaykalik sanaladi. Shuning uchun Jonson Yamayka, Angliya va Uels termasida o‘ynashi mumkin edi. Ammo u "Ajdarlar"ni tanladi.

Jovanni Reyna – AQSH

Reyna Qo‘shma Shtatlar termasidagi yosh iste’dodlardan biri sanaladi. U "Reynjers", "Manchester Siti" hamda AQSH terma jamoasining sobiq vakili Klaudio Reynaning o‘g‘lidir. Uning oldida Portugaliya, Argentina va Angliyani tanlash imkoni bor edi. Ammo u o‘z vatani bo‘lmish Amerikani ma’qul ko‘rdi. 20 yoshli Reyna "Borussiya Dortmund"ning ishongan vakiliga aylandi.

Tariq Lempti

Angliya milliy terma jamoasi safiga kirmay qolgan ko‘plab futbolchilar ichida Lempti ham bor edi. Shu sababli, u o‘z otasi tug‘ilgan Gana sharafini himoya qilishga qaror qildi. Bu esa to‘g‘ri tanlov edi. "Brayton" himoyachisi yaqin o‘tmishda Angliyaning 17 va 21 yoshgacha bo‘lgan jamoasida harakat qilgan. U shu yil iyul oyida Gana termasini tanlagani haqida ma’lum qildi. U ilk bor 23 sentyabr kuni Gana safida debyut qilgan edi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:50, 25.11.2022.
O'qildi: 4633 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик