Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Jiru: "1/8 finalda Argentina bilan uchrashishni xohlamayman"

Jiru: "1/8 finalda Argentina bilan uchrashishni xohlamayman"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru jahon chempionatining pley-off bosqichidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fransuzlar Daniyani mag‘lub etib (2:0), muddatidan avval 1/8 finalga yo‘l olishlarini kafolatlashdi, biroq ularning pley-off bosqichidagi raqibi kubok uchun yana bir da’vogar - Argentina terma jamoasi bo‘lishi mumkin.

"Agar biz jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istasak, har kim bilan to‘qnash kelishga tayyor bo‘lishimiz kerak, ammo 1/8 finalda Argentina bilan to‘qnash kelishdan qochganimiz ma’qul", - dedi Olivye Jiru Telefoot bilan suhbatda.

Argentina va Fransiya 2018 yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida to‘qnash kelishgan – o‘shanda "uch ranglilar" 4:3 hisobida g‘alaba qozongan va yakunda kubok sohibiga aylanishgan.

Kiritildi: 11:06, 28.11.2022.
O'qildi: 3441 marta.
Fikrlar: 54 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик