Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Yo‘qotishlar kunning markaziy o‘yiniga ta’sir o‘tkazmaydimi? (prevyu)

Yo‘qotishlar kunning markaziy o‘yiniga ta’sir o‘tkazmaydimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

Qatarda o‘tayotgan Jahon chempionatida guruh bosqichi o‘yinlari bugun yakuniga yetadi. Kunning so‘ngi o‘yini esa Portugaliya - Urugvay qarama-qarshiligidir.  Ushbu o‘yin haqida turlicha taxminlar bor. Bugungi o‘yin oldidan ikki jamoaning xolatlari bilan tanishamiz. 

Portugaliya

1. Klubsiz Ronaldu, lekin terma jamoa uchun u qirol.

Krishtianu Ronaldu 37 yoshida ham jahon chempionatining eng keksa futbolchilaridan biri bo‘lsa ham, Portugaliya terma jamoasining asosiy yulduzi bo‘lib qolmoqda. Hozir ham terma jamoaning jahon chempionatidagi natijalaridan ko‘ra, uning «Manchester Yunayted» bilan xayrlashishi haqida ko‘proq muhokama qilinmoqda. Qolaversa, Ronaldu bu yerda o‘zini ko‘rsata oldi: Krishtianu ketma-ket beshinchi jahon chempionatida gol urdi. Bu esa mundiallar rekordi hisoblanadi. 

2. Portugaliya urugvayliklardan qasos olmoqchi: JCH-2018 pley-offida Suares va uning jamoasi Portugaliyani yenggan.

Urugvay va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi shaxsiy qarama-qarshilik bor-yo‘g‘i uchta o‘yindan iborat: har bir jamoaning bitta g‘alabasi va bitta durang. Eng esda qolarlisi ularning so‘nggi o‘yini bo‘ldi. To‘rt yil oldin, Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bu juftlik 1/8 final bosqichida to‘qnash kelishgan. Edinson Kavanining ikkita goli evaziga urugvayliklar g‘alaba qozongandi. Albatta, bugungi o‘yinda Fernandu Santush shogirdlari qasos olishga va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga intilishadi.

3. Portugallar asosiy himoyachidan ayrildi, endi Pepega ishonch bildirilsa kerak

Gana bilan o‘yindan keyingi mashg‘ulotlarda Portugaliya terma jamoasining asosiy himoyachisi Danilo Pereyra jarohat oldi. Tayanch zonasida o‘ynaydigan futbolchi Fernandu Santush tomonidan markaziy himoyachi sifatida foydalanildi. Pereyra Ganaga qarshi omadsiz o‘yindan so‘ng asosiy tarkibdagi o‘rnini allaqachon yo‘qotib qo‘yishi mumkin edi, ammo yakunda uning uch qovurg‘asi singan va turnirda ishtirok etmaydi. Fernando Santushning taxminiy rejasi esa ma’lum: Pereyra o‘rniga Qatardagi jahon chempionatiga kelgan eng keksa futbolchilardan biri bo‘lgan eng tajribali Pepe maydonga tushadi.

Urugvay

1. «Barselona» sudga bermoqchi, Urugvay hali ham o‘ylanmoqda. Ronald Arauxo klub va terma jamoa o‘rtasida to‘siq bo‘lishi mumkin

«Charrua» turnirga tarkibda bitta jiddiy muammo bilan keldi. Asosiy himoyachi Ronald Arauxo jarohat oldi - uning turnirdagi ishtiroki so‘roq ostida. Endi terma jamoa uning o‘z vazifasiga qaytishini tezlashtirishni xohlayotgani haqida gap bor. «Barselona»ning ta’kidlashicha, Urugvay terma jamoasi Arauxonni guruh bosqichida maydonga tushirmaslikka va’da bergan va agar futbolchi to‘satdan yangi jarohat olgan bo‘lsa yoki qayta tiklanishi mumkin bo‘lsa, Charruani sudga berish bilan tahdid qilmoqda. Urugvayliklarni ham tushunish mumkin: Ronald hozirda jamoaning eng kuchli himoyachilaridan biri, uning o‘rniga keksa Godinni yaxshi variant emas.

2. Faxriylar Charruani qutqara olmaydi: urugvayliklarning eng yaxshi yillari ortda qoldi

Urugvay termasining asosiy kamchiliklaridan biri bu yosh. Hech bir jamoada o‘ttiz yillik marrani bosib o‘tgan juda ko‘p asosiy o‘yinchilar yo‘q. Fernando Muslera yoki Edinson Kavani endi jamoa yetakchisi emas. Sebastyan Koates va Diyego Godinni ham asosiy tarkib futbolchisi deb atash qiyin, lekin ular hali ham maydonga tushishmoqda, garchi ularning eng yaxshi yillari ortda qolgan.

3. Urugvayliklarning «quruq» seriyasi davom etmasa kerak

Urugvay terma jamoasi himoyaga tayanadi. So‘nggi sakkizta o‘yinning yettitasida Charrua o‘z darvozalarini dahlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, bu vaqt ichidagi raqiblari kuchsiz jamoalar bo‘lmagan. Hujumdagi yulduzlarga qaramay, aynan himoya urugvayliklarning uzoq vaqtdan beri "kozer kartasi" bo‘lib kelgan.

O‘z vaqtida Urugvay terma jamoasining bir juft markaziy himoyachisini dunyoning eng kuchlilari deb atash mumkin edi. Balki tez orada bu holat takrorlanadi, agar Xose Ximenes formasini yo‘qotmasa va Ronald Arauxo o‘sishda davom etadi. Jiddiy raqiblar bilan o‘yinlarda urugvayliklar har doim ham «quruq» o‘ynashmaydi - Argentina va Braziliyaga qarshi o‘yinlar buning isbotidir. Ammo ularning himoyasini yorib o‘tish juda qiyin ish.

Fernando Santush o‘zining sevimli 4-3-3 o‘yinini davom ettirmoqda. Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning hujumlarida hujumchi sifatida foydalanishda davom etmoqda, qolgan hamma esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. To‘g‘ri, ularning ba’zilari o‘yin saviyasi borasida anchadan buyon yoshi ulug‘ Ronaldu bilan terma jamoadagi yetakchi o‘rni uchun bahslashishga tayyor.

Urugvay xuddi shunday 4-3-3 sxemasidan foydalanadi, ammo ular buni himoyaviy tarzda amalga oshiradilar. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:22, 28.11.2022.
O'qildi: 2985 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.