Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Kyellini "Yuventus"ga qaytishi mumkin

Kyellini "Yuventus"ga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Jorjio Kyellini Turin klubiga qaytib, yetakchi lavozimlaridan birini egallashi mumkin, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira.

38 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Los-Anjeles" safida MLSda o‘ynadi.

Avvalroq “Yuventus” direktorlar kengashi iste’foga chiqqanini ma’lum qilgandi.

Italiya grandini klub prezidenti Andrea Anyelli tark etdi. Shuningdek, turinliklar rahbari o‘rinbosari Pavel Nedved ham iste’foga chiqdi. Ijrochi direktor Maurisio Arrivabene yangi direktorlar kengashi tuzilmaguncha klubda qoladi.

Kyellini “keksa sinyora” safida barcha musobaqalarda 561 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Yuventus” bilan futbolchi 19 ta sovrin, jumladan 9 ta Skudetto va 5 ta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 02:39, 30.11.2022.
O'qildi: 1856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик