Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kay Xavers JCH-2022 doirasida Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda (4:2) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘yindan so‘ng unga esdalik sovg‘asi topshirildi.
23 yoshli germaniyalik futbolchi uchrashuvning 66-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va shundan so‘ng hisobni tenglashtirdi va dubl qayd etdi. Biroq g‘alaba uning jamoasiga pley-offga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi.
Germaniya 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va urilgan gollar bo‘yicha Ispaniyadan ortda qoldi.