Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Mbappening dastidan Fransiya futbol federasiyasi jarima to‘ladi

Mbappening dastidan Fransiya futbol federasiyasi jarima to‘ladi

Baho:
+ | -

Fransiya futbol federasiyasi Kilian Mbappe intervyu berishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi.

JCH-2022da fransiyalik hujumchi ikki marta - Avstraliya (4:1) va Daniyaga (2:1) qarshi o‘yinlarda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Har ikki marta futbolchi mukofotni olganidan keyin majburiy intervyu berishdan bosh tortgan.

Bunga sovrinni Budweiser homiylik qilgani, Kilian esa alkogolli ichimlik brendini reklama qilmoqchi emasligi sabab bo‘ldi, deb yozadi L'Equipe nashri.

Mbappe birinchi marta intervyu berishdan bosh tortgach, FFF og‘zaki ogohlantirish oldi. Ikkinchi holatda esa Fransiya futbol federasiyasi 10200 yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Kiritildi: 02:11, 04.12.2022.
O'qildi: 7137 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик