Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Fergyuson ishongan "bolakaylar": ularning taqdiri nima kechdi?

Fergyuson ishongan "bolakaylar": ularning taqdiri nima kechdi?

Baho:
+ | -

Ser Aleks Fergyusonning talantlar tanlab olish borasida o‘ziga xos qobiliyati bor edi. Ammo u 26 yillik muddat ichida "MYU" uchun doim ham to‘g‘ri qaror qabul qilmagan. Xususan, seleksiya doirasida ham. To‘g‘ri, Rayan Giggz, Devid Bekxem, Pol Skoulz kabi futbolchilar, aynan Fergyuson davrida "Manchester Yunayted" akademiyasidan yetishib chiqdi va yulduzga aylandi. 2001 yilgi APLdagi g‘alabadan keyin afsonaviy murabbiy bir nechta yosh yigitlarni akademiya safidan tanlab olgan. Quyida o‘sha futbolchilarning taqdiri nima bo‘lgani haqida gaplashamiz.

Kiran Richardson

Richardson hech qachon o‘zini asosiy tarkib futbolchisiga aylantira olmagan. Ha, u 2002-2007 yillar mobaynida 81 marta "MYU" libosida maydonga tushgan. Ammo asosiyda emas. Keyinchalik yarim himoyachi doimiy o‘yin amaliyoti izlab "Sanderlend"ga boradi. U yerda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Richardson so‘nggi marta katta sahnada 2016 yili, "Kardiff Siti" safida ko‘rinish bergan.

Darren Fletcher

Fletcherda o‘zgacha narsani payqay olgan Fergyuson, uni asosiy jamoaga oladi. Ammo u oyog‘idan qattiq jarohatlanadi. Unga suyak sinishi tashxisi qo‘yiladi. Ammo bu narsa Fletcherning irodasini sindira olmadi. U tuzaldi va Fergyuson jamoasida yarim himoyaning asosiy vakiliga aylandi. Shotlandiyalik futbolchi "MYU" bilan jami 342 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta APL, 1 ta YECHL kubogini qo‘lga kirita oldi. Fletcher faoliyatining so‘nggi yillarini "Vest Brom" va "Stok Siti"da o‘tkazdi.

Pol Tirni

Tirni 2001-2002 yilgi mavsum so‘ngida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega chiqqandi. Shunga qaramay, yosh futbolchi atigi bir marta "MYU"ning asosiy tarkibiga jalb etilgan xolos. 2005 yilda Tirni "MYU"dan ketadi. Shu bilan uning karerasi ham yakun topdi.

Jon O'Shi

O'Shi "Manchester Yunayted"dagi debyutini 1999 yilda o‘tkazgan. Oradan ikki yil o‘tib, u Fergyuson e’tiboriga tushadi. Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi keyingi 12 yil ichida mankunianliklarning qalqoni bo‘ldi. U jami 393 ta bahsda maydon yuzini ko‘rdi. O'Shi "MYU"dan ketganidan keyin ham 8 yil davomida, 2019 yilga qadar "Sanderlend" va "Riding" klublari sharafini himoya qilgan.

Lyuk Chaduik

Chaduik 2001 yilgi chempionlar tarkibida bor edi. Ammo yarim himoyachi hech qachon asosiy tarkibga kira olmagan. Uning 5 yillik "MYU"dagi faoliyati 39 ta uchrashuv bilan eslanadi. Chaduikning keyingi davrlari "Vest Xem" va "MK Dons" bilan kechdi. U 2016 yilda futboldan ketdi.

Maykl Styuart

Styuartning asosiy tarkibga kirishi muammo edi. Negaki, uning o‘rni Roy Kin tomonidan egallanadi. Shu sabab, yarim himoyachi 1998-2005 yillar davomida "MYU"ning 8 ta o‘yinida qatnasha oldi xolos. "Nottingem Forest" va "Xarts"dagi faoliyatidan keyin, shotlandiyalik futbolchi o‘z uyiga qaytadi. U mahalliy, "Xibernian" jamoasiga borib qo‘shilgan. Yarim himoyachi 2011 yilda "Charlton" bilan butsalarini devorga ildi. Styuart hozirda siyosat sohasida ishlaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:12, 07.12.2022.
O'qildi: 2525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик