Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo JCH-2022ni tark etganidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Qatarga kelgan barchaga, shuningdek, o‘z uyida jamoani qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat. Ishlaymiz va davom etamiz, eng yaxshisi hali oldinda", — deb post qoldirdi Olmo ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (0:0, penaltilar bo‘yicha 0:3) va Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatini tark etdi.