"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning klub rahbariyatini tanqid qilgan va murabbiyni hurmat qilmasligini aytgan shov-shuvli intervyusiga izoh berdi.
“Menimcha, suhbatdan keyin u ketishi kerakligi aniq bo‘ldi. Biz buni muhokama qilmasligimiz kerak edi. Hammasi juda aniq edi.
Men Ronalduning birinchi kunidan to hozirgacha qolishini xohlardim. Ammo u ketishni xohladi. Futbolchi klubda bo‘lishni istamasa, ketishi kerak.
Klub bunday intervyuni o‘tkazib yubora olmaydi. Buning oqibatlari bo‘ladi. Bu qadamni qo‘yish bilan u oqibatlarini bilardi. Ilgari u menga ketish istagi haqida hech qachon aytmagan", - deydi murabbiy.