Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

FIFA Argentina futbol assosiasiyasiga qarshi ish ochdi

FIFA Argentina futbol assosiasiyasiga qarshi ish ochdi

Baho:
+ | -

FIFA Argentina terma jamoasiga nisbatan intizomiy ish ochdi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Argentina futbol assosiasiyaga qarshi ish Lionel Messi («Darajasi to‘g‘ri kelmaydigan hakamni o‘yinga tayinlamaslik kerak» degani uchun) va darvozabon Emiliano Martines (hakamni JCH—2022 hakamlari ichida eng yomoni deb atagani uchun) Niderlandiyaga qarshi o‘yin bosh hakami Mateu Laos sha’niga nomaqbul so‘zlarni ishlatgani uchun ochilgan.

Shuningdek, o‘yin vaqtida sodir bo‘lgan voqealar ham ko‘rib chiqiladi. Gap sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar haqida ketmoqda — xavbek Leandro Paredes ataylab raqib zaxira o‘rindig‘i tomon to‘pni tepib yubordi, shundan so‘ng futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi, himoyachi Nikolas Otamendi va yana bir nechta futbolchi penaltilar seriyasidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasi yonidan o‘tayotganda ularni masxara qilib ketgan.

Ushbu ish bo‘yicha qaror yaqin orada e’lon qilinadi. Argentina terma jamoasi 13 dekabr, seshanba kuni JCH—2022 yarim finalida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:52, 10.12.2022.
O'qildi: 8362 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик