Marokashlik futbolchilar JCHda Portugaliyani yengib (1:0) yarimfinalga chiqqanini onalari bilan nishonladi.
“Onam birovlarning uyini tozalardi, otam esa ko‘chada mayda-chuyda narsalar sotgan. Ular men uchun o‘zlarini qurbon qilishgan. Shunday ekan, har bir o‘yinda ular uchun o‘ynayman”, – deydi terma jamoa yetakchisi Ashraf Hakimi.