Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Ronaldu shov-shuvli intervyu chiqmasidan avval «Manchester Yunayted»dan ketishini bilgandi

Ronaldu shov-shuvli intervyu chiqmasidan avval «Manchester Yunayted»dan ketishini bilgandi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan shov-shuvli intervyusi qanday oqibatlarga olib kelishini bilgandi. 37 yoshli futbolchi hali intervyu e’lon qilinmasidan avval «Manchester Yunayted»ning Karringtonldagi qarorgohidan barcha narsalarni olib chiqib ketgandi.

Shundan so‘ng futbolchi Portugaliya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga jo‘nab ketdi.

The Athletic xabar tarqatishicha, intervyu 16 va 17 noyabr kunlari e’lon qilingan bo‘lsa, Krishtianu 13 noyabr kuni klub qarorgohidan barcha buyumlarini olib ketgandi. Keyinchalik esa "MYU" va futbolchi o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishdi. Portugaliyalik o‘yinchi hamon o‘ziga yangi jamoa topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borib, yarim final yo‘llanmasi uchun kurashda Marokashga imkoniyatni boy berdi. U Mundialda bitta gol muallifiga aylandi (penaltidan).

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 12:33, 12.12.2022.
O'qildi: 3548 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик