Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Angliyada troll qilinayotgan, Fransiyada esa ko‘klarga ko‘tarilayotgan Keyn muxlislar nafratiga uchradi

Angliyada troll qilinayotgan, Fransiyada esa ko‘klarga ko‘tarilayotgan Keyn muxlislar nafratiga uchradi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yana penaltilar seriyasidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli jahon chempionatidan chiqib ketdi. Fransiya bilan bo‘lib o‘tgan chorak final uchrashuvi yakuniga biroz qolganda inglizlar sardori Xarri Keynning o‘n bir metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi. Buning uchun o‘z vatanida Keynga qarshi «urush» e’lon qilindi - muxlislar uni tom ma’noda yomon ko‘rib qolishdi.

«U bizdan ikkita jahon chempionatini o‘g‘irladi». Angliya Keynga «urush» e’lon qildi: tarixiy qo‘pol xatodan keyin butun mamlakat undan nafratlandi. Fransiyada, aksincha, Xarri deyarli qahramonga aylandi: Internetda muxlislar unga sog‘inish hissini ifodalovchi minnatdorchilik xabarlarini yo‘llashdi. Bu allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi!

Ushbu video 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati arafasida BBC uchun suratga olingan edi. Uning asosiy qahramonlari, Keyndan tashqari, 2003 yilgi Jahon chempionatida milliy terma jamoani g‘alabaga olib kelgan mashhur ingliz regbichisi Jonni Uilkinson va komediyachi Jon Bishop bo‘lgan.

Uning syujetiga ko‘ra, Keyn jarima zarbasidan to‘pni darvozaning pastki burchagiga yo‘llaydi. Va keyin u bilan regbichi o‘rtasida kulgili suhbat boshlanadi.

«Yo‘q, bunday emas! Senga buni qanday qilishni ko‘rsataman!», - deydi Uilkinson va u to‘pni qattiq zarba bilan darvozadan yuqoriga urib yuboradi va buning uchun ko‘p kuch ishlatish zarurligini tushuntiradi. «Sen uni bir mil balandroq urding!» - deb hayron bo‘ladi Keyn.
«Ha, men Jahon kubogini shunday yutganman. Sen ham qattiq zarba bilan chempion bo‘lishing mumkin», deb javob beradi regbichi. Xarri esa yelka qisib, xuddi shu zarbani takrorladi, buning uchun u Jonnidan olqish oldi, biroq muxlislardan...

To‘rt yil oldin bu reklama britaniyaliklarni kuldirgandi. Jahon chempionatidan oldin Angliyani qo‘llab-quvvatlash uchun tayyorlangan eski video bu qadar voqealar bashorati bilan mutanosib kelishini kim ham bilardi deysiz? Darvoqe, fransuzlar 2014 yilda nafaqaga chiqqan keksa Uilkinsonni e’tiboridan chetda qoldirishmadi. Mamlakatning eng mashhur regbi portali «Rugbyrama» «Toulon» vakili Jonniga Keynga bergan maslahati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 18:10, 12.12.2022.
O'qildi: 3226 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.