Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Gakpo oldida variantlar ko‘p, biroq katta qadam tashlashga hali erta

Gakpo oldida variantlar ko‘p, biroq katta qadam tashlashga hali erta

Baho:
+ | -1

Jahon chempionati futbolchilarga nafaqat sovrin yutish, balki o‘zini ko‘rsatish uchun ham juda qulay imkoniyatidir. Ikkinchi variant jiddiyroq klublarga o‘tmoqchi bo‘lgan yosh futbolchilarga tegishli. Ulardan biri Kodi Gakpo hisoblanadi. "PSV" vingeri allaqachon top-klublarning qiziqish doirasiga tushgan va 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin unga bo‘lgan e’tibor yanada ortdi. 23 yoshli gollandiyalik futbolchi yanvar oyidayoq transfer bozori yulduziga aylanishi mumkin. Gakpo "PSV" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2007 yildan beri bu tizimda o‘ynab keladi. Kodi klubdagi barcha yoshlar jamoalaridan o‘tdi. 2018 yilning 25 fevralida u "PSV" asosiy tarkibida debyut qildi. O‘shandan beri Gakpo o‘z klubi uchun tobora muhim o‘yinchiga aylandi. «Qizil-oqlar»ning o‘sha paytdagi ustozi Mark van Bommel asta-sekin yigitchaning iste’dodini his qildi. 2018/19 yilgi mavsumda gollandiyalik futbolchi Erediviziyada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu futbolchining milliy chempionatda ham, xalqaro maydonda ham o‘sishining boshlanishi edi.

2019/20 yilgi mavsumda Gakpo ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni boshladi va allaqachon asosiy jamoadan muqim o‘rin egalladi. Mavsum Kodi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi: u Gollandiya chempionatida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. 2020/21 yilgi mavsumda uning o‘yin vaqti yanada oshdi, ammo uzatmalar soni kamaydi. 2021/22 yilgi mavsum gollandiyalik futbolchi uchun omadli keldi. Ushbu mavsumda Gakpo barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi. Mavsum davomidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari fonida u o‘z mamlakatida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kodi terma jamoadagi debyutini 2021 yilning 21 iyunida o‘tkazdi. Dastlab yigitchaga Frank de Bur imkoniyat berdi. Bungacha futbolchi Gollandiya U-18, U-19, U-20 va U-21 yoshlar terma jamoalarida ham o‘ynagandi. Gakpo Yevro-2020ga uchun yig‘inga chaqirildi. Yevropa chempionatida vinger Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yinda debyut qildi. U Gollandiya terma jamoasining eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri maqomida jahon chempionatiga bordi. Kodi Lui van Gal ishonchini oqladi va JCH-2022 guruh bosqichining har bir uchrashuvida gol urdi. Ko‘pincha Gakpo chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydi va imkoni boricha markazga yaqinroq tarzda harakat qiladi. Kodi yaxshi dribling qobiliyatiga ega. Uning texnik qobiliyati himoyachilar tomonidan qo‘yilayotgan bosimdan chiqib ketish imkonini beradi. U hujumlarni rivojlantirish va yakunlashda teng darajada yaxshi imkoniyatga ega. Gollandiyalikda "long bol"lar bo‘yicha ham sifatli uzatmalar bor. Uning ko‘p uzatmalari maydondan yoki burchakdan oshirilgan to‘plardir. U o‘z qanotida darvoza tomon yo‘l olishda yetarli tezlikni ishlata oladi. Bu borada uni Vinisius bilan solishtirishgan.

2022 yilgi jahon chempionati vaqtida Gakpo haqida faolroq gapirila boshlandi. Kodi klub miqyosida ham, xalqaro maydonda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Gollandiyalik futbolchi ishtirokidagi yirik transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Unga da’vogar klublar yetarli. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchiga «Real», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. Bu kelishuv ayniqsa hujumda kuchaytirilishi kerak bo‘lgan so‘nggi ikki klub uchun dolzarb bo‘lishi mumkin. Avvaldan «Manchester Yunayted» Gakpo uchun asosiy da’vogar bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Birinchidan, jamoani futbolchining hamyurti boshqaradi, bu muhim. Ikkinchidan, «mankunianliklar» Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin yangi hujumchi yoki vinger izlashi kerak. O‘tgan yozda «Yunayted» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uringandi, ammo bu urinish jiddiy hech narsa bilan yakunlanmadi. Balki kelasi yil boshida «MYU» yana urinib ko‘rar. Gollandiyalik futbolchi «mankunianliklar»ning taklifini, agar mavjud bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyorligini allaqachon ma’lum qilgan. Shubhasiz, boshqa klublar ham nimanidir taklif qilishlari aniq. "PSV" o‘z futbolchisini sotishga tayyor, ammo bu oson bo‘lmaydi. «Qizil-oqlar» direktori Marsel Brands Gakponing sotilishi klub tarixida rekord summa bo‘lishi kerakligini aytdi. «PSV» Kodini yanvar oyidayoq qo‘yib yuborishga tayyor, ammo ularga mos taklif tushsagina bu amalga oshadi. Gollandiyaliklar qishda kimdir unga katta pul to‘lashiga ishonchlari komil emas. Mish-mishlarga ko‘ra, «qizil-oqlar» futbolchi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Bugungi standartlarga ko‘ra, bu unchalik katta miqdor emas.  Gakponing top-klubga o‘tishi vaqt masalasi ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Yana bir narsa shuki, gollandiyalik o‘z vatanini qachon tark etadi? «Manchester Yunayted» haqida gapiradigan bo‘lsak, klubda transfer siyosati qanday yo‘lga qo‘yilishi hali to‘liq aniq emas. Gollandiyalik futbolchi rivojlanish yo‘lida davom etishi uchun to‘g‘ri tanlov qilishi muhim. Gakpo qayerga bormasin, ehtimol qimmat transfer bo‘lar, ammo hozircha buni ortiqcha o‘ylamagan ma’qul. Eng yaxshisi kelajakdan xotirjam bo‘lish.

Kiritildi: 12:01, 15.12.2022.
O'qildi: 1728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.