Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Andijon»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Andijon»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Superligaga qaytgan “Andijon” futbol klubida yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Shu maqsadda jamoa a’zolari bugun klub qarorgohida to‘planib, bo‘lajak chempionat uchun dastlabki mashg‘ulot bosqichini boshladilar.

Jamoada e’tiborga molik o‘zgarishlar yuz berdi. “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev bugun yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanishi oldidan jamoa a’zolari  hamda klub ishchi-xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi va unda tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Ulug‘bek Abdusattorovich yig‘ilishda “Andijon” jamoasining pro liga g‘olibi sifatida Superligaga qaytishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan futbolchilar va murabbiylarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, klub bosh direktori jamoada katta hajmdagi ishni bajargan va Superligaga qaytishi yo‘lida samarali faoliyat yuritgan hamda qo‘llab-quvvatlab turgan “Andijon”ning sobiq ta’sischisi Jur’atbek Quvvatovga ham olib borgan mehnati uchun o‘zining minnatdorchiligini izhor etdi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tmoqchimizki, jamoada bir yarim mavsum davomida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan rossiyalik Viktor Kumikovning klub bilan tuzilgan shartnomasi nihoyasiga yetgani sababli u “Andijon” bilan xayrlashdi.

Ulug‘bek Mirzayev boshchiligida tashkil etilgan yig‘ilishda “Andijon” jamoamizga yangi bosh murabbiy sifatida Aleksandr Xomyakov rasman tanishtirildi.

53 yoshli rossiyalik Aleksandr Andreevichni muxlislarimiz juda yaxshi biladilar. Boisi, 2019 va 2020 yilgi mavsumlarda ham “Andijon” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Oxirgi ish joyi esa Muborakning “Mash’al” klubi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Xomyakov bilan birga jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida Artyom Petrosyan ham ish boshladi. Uning oxirgi ish joyi Bekobodning “Metallurg” klubidir. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, u darvozabon sifatida ishtirok etgan va endilikda murabbiy rolida mehnat qilib kelmoqda.

Qolaversa, Xomyakov ham o‘ziga bildirilgan ishonch uchun rahbariyatga o‘zining tashakkurini bildirgan holda jamoani har tomonlama ravnaq topishi yo‘lida qo‘lidan kelganicha harakat qilib, to‘plagan barcha bilim va tajribasini ishga solishini alohida aytib o‘tdi.   

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:28, 15.12.2022.
O'qildi: 3219 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.