Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Eng zo‘r mundial qaysi?

Eng zo‘r mundial qaysi?

Baho:
+ | -

Eng zo‘r mundial qachon bo‘lgan? Hammaning o‘lchovi har xil, kimgadir ko‘p gollar, kimgadir syurprizlar, kim uchundir esa, top terma jamoalarning o‘zaro o‘yinlari yoqadi. Shaxsan mengayam shu – top raqiblar (o‘sha o‘rganib qolganimiz favoritlar, yulduzli tarkiblar) ko‘proq o‘zaro to‘qnash kelishsa, mundial qiziqroqdek o‘tgan ko‘rinadi. Ha, Marokash yoki Xorvatiyaning qahramonliklari o‘zgacha hikoya, lekin tan oling, baribir Argentina – Fransiya jarangdor afisha, to‘g‘rimi?

Mana shu o‘lchovda qarasak, ushbu mundialda top-jamoalar o‘yini atigi 4 ta ekan xolos. Germaniya – Ispaniya, Argentina – Niderlandiya, Angliya – Fransiya, hamda final: Argentina – Fransiya. Bunga albatta, Italiyaning chiqa olmagani, nemislarning guruhda qolib ketgani, Marokash va Xorvatiyaning Braziliya, Ispaniya va Portugaliyaning yo‘lini to‘sgani ham ta’sir qildi. Tabiiyki, katta o‘yinlardan bizni mahrum qilgan jamoalar o‘ringa yetarli emosiyalarni berishdi ham.

Top uchrashuvlar miqdori bo‘yicha o‘lchasak, Germaniyada o‘tgan JCH-2006 ning oldiga tushadigani yo‘q ekan. O‘sha turnirda jami 9 ta katta o‘yin bo‘lgan: chorak finaldan boshlab deyarli hamma o‘yinlar shunaqa maqomda edi: Italiya – Fransiya (final), Germaniya – Portugaliya (3-o‘rin), Fransiya – Portugaliya (yarimfinal), Italiya – Germaniya (yarimfinal), Portugaliya – Niderlandiya (nimchorak), Fransiya – Braziliya (chorak), Fransiya – Ispaniya (nimchorak), Angliya – Portugaliya (chorak), Argentina – Niderlandiya (guruh)! Zo‘r-a?

O‘shanda hech qaysi jamoa syurpriz bo‘lmagan, qandaydir furror ko‘targan kashfiyotlar ham kuzatilmagan, guruhlardan kim chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha jamoalar chiqqan – mana shu faktor mundialda ko‘proq katta o‘yinlarni taqdim etgan. Ya’ni ko‘rpani boshga yopsangiz, oyoq ochilib qoladi, bu shunaqa ishlaydi – agar katta o‘yinlarni kutsangiz, guruh o‘yinlari ancha zerikarli bo‘lishiga, kutilmagan hisoblar qayd etilmasligiga rozi bo‘lishingiz kerak. Agar kuchsizroq jamoalarning syurprizlari sizga yoqsa, so‘nggi bosqichlarda ham tayyor turing, top uchrashuvlar nisbatan kamroq bo‘ladi.

Agar qandaydir muvozanat kerak bo‘lsa, bu borada, JCH-90 ancha qiziqarli o‘tganini ta’kidlash kerak. O‘sha musobaqada ham nisbatan ko‘p – 7 ta top uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Shu bilan birga kashfiyot jamoalarning uzoqqa borishi ham (Kamerun), kuchli raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatadigan qattiq jamoalar ham (Chexoslavakiya, Yugoslaviya) ham, juda ko‘p penaltilar seriyasi ham bo‘lgan. Agar birini tanlash kerak bo‘lsa, JCH-2006'dan ko‘ra, albatta, JCH-90'ni tanlardim.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 22:25, 15.12.2022.
O'qildi: 3181 marta.
Fikrlar: 98 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик