Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" Sakani 2023 yilda sotib olishi mumkin

"Manchester Siti" Sakani 2023 yilda sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Arsenal" va Angliya terma jamoasi vingeri Bukayo Saka "Manchester Siti"ning transferlar ro‘yxatida qolmoqda.

"Kanonirlar" rahbariyati 21 yoshli futbolchining 2024 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishni anchadan buyon rejalashtirgan, biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga hali erishilgani yo‘q.

Jurnalist Grem Beylining fikricha, agar futbolchi kelasi mavsum boshlanishidan oldin yangi shartnoma imzolamasa, "Arsenal" Sakani boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin. Angliyalik yosh futbolchiga asosiy da’vogar "Manchester Siti" bo‘lib turibdi.

Bukayo Saka joriy mavsum “Arsenal” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:54, 16.12.2022.
O'qildi: 1725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.