Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Jahon chempionati kashfiyotlari

Jahon chempionati kashfiyotlari

Baho:
+ | -

Jahon chempionati bir qator yorqin yulduzlarga ega bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz. Ularning orasida hamma tanigan-bilgan nomzlarning borligi bu tabiiy holat. Lekin aynan shu chempionatda o‘zi ko‘rsatgan iqtidorlar ham talaygina. Bugun ularning eng yorqinlari haqida gaplashamiz.

Dominik Livakovich, darvozabon, Xorvatiya, 8,5 million yevro

27 yoshli darvozabon jahon chempionatida oltita o‘yin o‘tkazib, shuncha gol o‘tkazib yubordi. Livakovich Xorvatiyaga ikkita penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishga yordam berdi, yaponiyaliklar va braziliyaliklarning jami to‘rtta zarbasini qaytardi. Dominik Zagrebning “Dinamo” klubi vakili sanaladi. 2015 yildan buyon darvozabon klub safida 262 ta o‘yin o‘tkazgan va o‘z darvozasidan 213 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning "Dinamo" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo "Bavariya" bu qishda Livakovichni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Myunxenliklar xorvatni jarohat olgan Manuel Noyerga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, "Bavariya" Livakovich atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlagan. Muloqot dastlabki bosqichda bo‘lsa-da, to‘laqonli taklif haqida gapirishga hali erta.

Kodi Gakpo, yarim himoyachi, Niderlandiya, 45 million yevro

23 yoshli vinger jahon chempionatida beshta o‘yinda maydonga tushib, Senegal, Ekvador va Qatar termalariga gol urdi va bir vaqtning o‘zida bir nechta klublar e’tiborini tortdi. ESPN xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronaldu o‘rniga Kodi Gakponi olib kelmoqchi. Shuningdek, futbolchining jahon chempionatidagi o‘yinini "Barselona" diqqat bilan kuzatib bordi.

Gakponing o‘zi top-klublarning bunday e’tiboridan ajablanmaydi. PSV direktori Marsel Brandsning aytishicha, qanot hujumchisi yanvar oyida sotilishi mumkin, biroq Eyndxoven uchun rekord narxga.

Gakpo PSV bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Kodi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2018 yildan buyon PSV safida 159 ta o‘yinda maydonga tushib, 55 ta gol va 50 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Sofyan Amrabat, yarim himoyachi, Marokash, 10 mln yevro

26 yoshli himoyachi jahon chempionatidagi har bir o‘yinda maydonga tushdi. Amrabat - maydonning har bir qismida to‘p uchun kurashadigan haqiqiy jangchi. 90 min nashri xabariga ko‘ra, "Tottenxem" yarim himoyachi uchun kurashga qo‘shildi. “Shporlar” Amrabatni 2022 yilning yanvarida sotib olishni rejalashtirgandi, ammo ular Rodrigo Bentankur bilan shartnoma imzoladi. Klub rahbariyati futbolchini 2023 yilning qishida sotib olishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchining ortidan londonliklar maydon markazini kuchaytirishga juda muhtoj bo‘lgan "Liverpul" bilan raqobatlashishlari kerak. Amrabatga bo‘lgan qiziqish ortganiga qaramay, "Fiorentina" Sofyanni o‘zida saqlab qolmoqchi...

Amrabat “Fiorentina” safida 2020 yilning yanvaridan beri o‘ynaydi. Uning hisobida 78 ta o‘yinda va bitta gol bor.

Enso Fernandes, yarim himoyachi, Argentina, 35 million yevro

21 yoshli markaziy yarim himoyachi jahon chempionatidagi har bir o‘yinda maydonga tushib, Meksika darvozasiga gol urdi va Polshaga qarshi bahsda golli uzatma berdi. Enso “Benfika” safida 2022 yilning yozidan buyon o‘ynaydi. Shartnoma 2027 yilning iyunigacha amal qiladi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yin tufayli yarim himoyachiga "Real" va "Liverpul" qiziqish bildirgan. “Qaymoqranglilar” argentinalikni Jud Bellingemga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda, deb yozadi Marca. "Liverpul"ga kelsak, ular futbolchi uchun "Liverpul" 120 million funt to‘lashga tayyor.

Gonsalu Ramush, hujumchi, Portugaliya, 24 million yevro

21 yoshli hujumchi Portugaliya va Shveysariya o‘rtasidagi o‘yin qahramoniga aylandi. Ramos xet-trik qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Ramush "Manchester Yunayted"ning navbatdagi transfer maqsadlari ro‘yxatida.

"Yunayted" ko‘plab variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Gakpo haqida bilamiz, ammo boshqa variantlar ham bor. Ular eng yaxshi variantni tanlash uchun muhokama qilishda davom etmoqda. Ramush joriy mavsumda “Benfika” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:47, 16.12.2022.
O'qildi: 5468 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.