Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Qatardagi yulduzlar: Jahon chempionatidan keyin kimlar qayerga yo‘l olishi mumkin?

Qatardagi yulduzlar: Jahon chempionatidan keyin kimlar qayerga yo‘l olishi mumkin?

Baho:
+ | -

Jahon chempionati futbolchilar uchun doimo ajoyib imkoniyat bo‘lgan. Negaki, aynan mundial orqali ko‘pchilik o‘ziga yangi klub topa oladi. Garchand bu galgi turnir qishda o‘tkazilgan bo‘lsada, transferlar oynasiga bu narsa ta’sir qilmaydi. Quyida Jahon chempionatida porlagan va katta klublarga o‘tishi kutilayotgan futbolchilar haqida so‘z boradi.


Kodi Gakpo – 23 yosh, "PSV" va Niderlandiya

Barcha guvohi bo‘lganidek, Gakponing gollari gollandlarga katta yordam bergandi. Guruh bosqichida yulduzga aylangan hujumchi Niderlandiyani birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishiga katta yordam berdi. Gakpo hozir mahalliy "PSV" klubi safida harakat qilmoqda. Ammo uning yo‘liga "MYU" ko‘z tikib turibdi. Ten Xag Ronaldu o‘rnini Gakpo bilan to‘ldirishni niyat qilgan.

Gansalu Ramush – 21 yosh, "Benfika" va Portugaliya

Ramush o‘zining ilk o‘yinida xet-trikka erishgandi. Ronaldu o‘rniga tushirilgan hujumchi borasida, o‘sha voqeadan keyin tranfser mish-mishlari ko‘payib ketdi. Ramush "Benfika" bilan bu mavsumda 14 ta gol va 6 ta assistga erishgan. U uchun "MYU" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Yoshko Gvardiol – 20 yosh, "Leypsig" va Xorvatiya

Ha, u yozda "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi. Ammo londonliklar uning o‘rniga Vesli Fofanani tanlashdi. Gvardiolning narxi Qatardagi mundial sabab keskin ko‘tarilgan. Negaki, uning mehnatlari orqali Xorvatiya yarim finalga qadar yetib kela olgandi. Endilikda, 20 yoshli futbolchiga "Manchester Siti", "Real" va "Chelsi" da’vogarlik qiladi.

Yussufa Mukoko – 18 yosh, "BVB" va Germaniya

18 yosh bo‘lishiga qaramay, Mukoko Bundesliga yulduziga aylandi. Uning 11 goli, Xans Flikning Germaniya terma jamoasiga chaqirilishini ta’minlagan. Ha, Mukoko asosan zaxiradan maydonga tushirilgandi. Ammo uning xaridorlari hozirdan ko‘paya boshladi. Ro‘yxat boshida "Barselona" turibdi.

Enso Fernandes – 21 yosh, "Benfika" va Argentina

Markaziy yarim himoyachining Argentinadagi roli juda muhimdir. Uning ta’siri orqali terma jamoa finalga qadar yetib keldi. "Liverpul", "Manchester Siti", "MYU" va "Vulvz" yosh yulduzni o‘ziniki qilishni istovchilar orasida mavjud. Ammo "Benfika" Fernandes tovon pulini 104 million funt qilib belgilab qo‘ygan.

Dominik Livakovich – 27 yosh, "Dinamo Zagreb" va Xorvatiya

Avvaliga Livakovich Qatarga boradimi degan savol bor edi. Ammo hozir vaziyat butunlay o‘zgardi. Uning fantastik harakatlari bilan Marokash va Belgiya Xorvatiyaga gol ura olmadi. Yaponiya va Braziliyaga qarshi esa penaltilar seriyasida 4 ta seyvni amalga oshirdi. Hozirda Livakovichga "Lids", "Nottingem" va "MYU" qiziqa boshlagan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:00, 17.12.2022.
O'qildi: 3875 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.