Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Emiliano Martinesning maqsadlari yuqori

Emiliano Martinesning maqsadlari yuqori

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi va “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martinesning agenti Gustavo Goni futbolchi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligini tan oldi.

"Bugungi kunda kamdan-kam klublar Emiliano kabi darvozabonni qo‘lga kiritishga qodir, ammo A Seriya - nega bo‘lishi mumkin emas? Martines o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadi, u Chempionlar ligasi uchun kurashmoqchi", - deya Goni so‘zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.

30 yoshli Martines 2020 yil sentyabridan buyon “Aston Villa” safida to‘p suradi va joriy mavsumda chempionatda 24 ta o‘yinda 27 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

2022 yilgi jahon chempionatida futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. U jamoaning turnirdagi barcha yetti uchrashuvida qatnashib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi va uchta o‘yinni "quruq" o‘tkazdi. Martines Qatardagi jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Transfermarkt.com portali darvozabonning narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:29, 20.12.2022.
O'qildi: 3179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик