Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Marokashlik Yahyo Jabran – sobiq futzalchi!

Marokashlik Yahyo Jabran – sobiq futzalchi!

Baho:
+ | -

Qatar mundiali sari otlangan Marokash terma jamoasi tarkibidagi 26 nafar baxtli futbolchilar safidan 31 yoshli Yahyo Jabran ham joy oldi.

Faxriy futbolchi o‘z faoliyati davomida atigi bir mavsumni Marokash chempionatidan tashqarida, BAAda o‘tkazgani bois, ko‘pchilik muxlislarga tanish emas. Biroq Yahyo nafaqat eslashga, balki faxrlanishga arziydigan natijalarni qayd etgan yarim himoyachi. Masalan, u Marokash futzal terma jamoasining JCHlari tarixidagi dastlabki goli muallifidir. Quyidagi hikoya ana shu «soyadagi» qahramon haqida.

Ma’lum bo‘lishicha, 2012 yilda Tailand mezbonligida o‘tgan futzal bo‘yicha JCHda ilk bor ishtirok etgan Marokash terma jamoasi start bellashuvida Panama bilan kuch sinashgan, Yahyo Jabran o‘yindagi hisobni ochgandi. Tez orada uning jamoadoshlari hisobdagi farqni uchtaga yetkazishgan bo‘lsada, yakunda uchrashuv 8:3 hisobida Panama foydasiga hal bo‘lgandi. Keyingi turlarda Marokash avval Eron terma jamoasidan minimal (0:1), Ispaniyadan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi va o‘z guruhida 4-o‘rinni egallab, musobaqani barvaqt tark etgandi. Darvoqe, o‘sha turnirda Rossiya terma jamoasi o‘z guruhidan umumiy 27:0 hisobidagi g‘alabalar evaziga 1-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqqan, chorak finalda Braziliyaga imkoniyatni boy bergandi.

Oradan 4 yil o‘tgach, Marokash yana guruh bosqichidan chiqa olmadi - Ispaniyadan 4ta, Ozarbayjon va Eron terma jamoalaridan 5tadan gol qabul qilib oldi. Faqat shundan keyin futzal terma jamoasida muvaffaqiyatli davr boshlandi - jamoa oxirgi ikkita Afrika Kubogi turnirida g‘olib chiqdi, 2021 yildagi JCHda esa chorak finalga chiqib, yagona gol evaziga Braziliyaga imkoniyatni boy berdi. Hozir Marokash futzal terma jamoasi jahon reytingida 8-o‘rinda bormoqda.

11 yoshida qurilishda ishladi, 21da katta futbolga o‘tdi, 31da mamlakatning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Marokash futzalining tarixiy g‘alabalari Jabranning ishtirokisiz qo‘lga kiritildi - u 2012 yilda professional jamoaga o‘tib, katta futboldagi faoliyatini boshladi.

Yahyo Jabranga oid qisqacha ma’lumot:

**  Maktabda yaxshi o‘qigan Yahyo 11 yoshidan boshlab qurilishda ishlash orqali shaxsiy xarajatlari uchun pul topa boshladi;

**  Jabran 5 yil shahar jamoasi tarkibida Marokashning 3-divizionida to‘p surdi, parallel ravishda futzalga ham brib turdi. 21 yoshida professional jamoa safidan joy oldi;

**  Yahyo - tayanch yarim himoyachisi, lekin himoya markazida ham o‘ynay oladi;

**  «Vidad» - Marokash futbolining eng sovrindor klubi. Jabran bu jamoa tarkibida 3 marta chempionlikka erishdi, so‘nggi ACHLda g‘olib chiqdi;

**  Jabran 2 marta Marokash terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida zafar quchdi (turnirda faqat ichki chempionatlarda to‘p suradigan o‘yinchilar ishtirok etadilar);

**  2019 yilda hakamning maydondan chetlatganiga chiday olmagan Yahyo unga tupurib yubordi - shu sabab, jarima to‘lab, 6ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Hozir Jabran Marokash chempionatida so‘nggi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi.

Yana Ziyesh qaytdi, Hakimi va Mazrauilar safda, al Nosiri hamisha gol urishga shay

Qatar mundialiga yo‘l olgan Marokash terma jamoasining tarkibi anchayin qiziqarli, undan «Sevilya» «PSJ», «Bavariya», «Marsel», «Fiorentina», «Chelsi» vakillari joy olishgan:

**  «Udineze»ning chap qanot himoyachisi Adam Mazina jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan, himoya chizig‘i qanotlarida Ashraf Hakimi va Nussair Mazrauilar to‘p surishmoqda. Markazda ularga Nayef Agerd va Romen Saisslar ko‘maklashmoqdalar. Yarim himoyada esa Sofyan Amrabat va Amin Xarit;

**  Hakim Ziyesh qaytdi. U Vohid Xalilxodjich bilan kelisha olmayotgandi, murabbiy almashgach, terma jamoadan chorlov oldi. Avvalgi JCH arafasida ham shunday vaziyat tufayli Erve Renar bilan murosa qila olmagan Ziyesh Afrika Kubogi-2017 turnirini o‘tkazib yuborgandi;

**  Abde Ezzalzuli shu yil avvalida AMK turnirida qatnashishdan bosh tortgan, Xalilxodjich bunda «Barselona»ni ayblagandi. Hozir 20 yoshli yarim himoyachi «Osasuna»da ijara asosida to‘p surmoqda;

**  Yussuf al Nosiriy - oldingi chiziqning ishonchli «tog‘i». Uning Kaliningradda urgan goli Ispaniya ustidan g‘alaba keltirishga juda yaqin turgandi. Biroq Aspasning goli umidni puchga chiqargandi;

** Hozir Marokash terma jamoasini 47 yoshli marokashlik murabbiy Volid Regragi boshqarmoqda. 2000-yillarda u futbolchi sifatida terma jamoa sharafini 45ta uchrashuvda himoya qilgan, shu yilning mayida esa Kasablankaning «Vidad» klubini bosh murabbiy sifatida ACHL shohsupasiga olib chiqqandi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:37, 20.12.2022.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.