Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Emiliano Martines xizmatiga grand klub qiziqish bildirmoqda

Emiliano Martines xizmatiga grand klub qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Argentina va "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Football Insider.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadigan David de Xea o‘rniga uzoq muddatga o‘rinbosar qidirmoqda. 30 yoshli futbolchining "Aston Villa" bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar tuzilgan.

Avvalroq, "Bavariya" jarohat olgan Manuel Noyerning o‘rniga Martinesni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Argentinalik futbolchi 2020 yil sentyabridan buyon “Aston Villa” safida to‘p suradi va joriy mavsumda jamoa safida 24 o‘yinda 27 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Qatardagi turnirda futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘ldi. U jamoaning turnirdagi barcha 7 uchrashuvida qatnashib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi. Martines Qatardagi jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 00:08, 22.12.2022.
O'qildi: 1905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик