Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Sporting"ning sobiq futbolchisi: "Ronalduning yoshligida ham o‘z dunyosi bor edi"

"Sporting"ning sobiq futbolchisi: "Ronalduning yoshligida ham o‘z dunyosi bor edi"

Baho:
+ | -

Lissabonning "Sporting" klubi sobiq futbolchisi Marius Nikulae portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatining boshida yuz bergan voqeani aytdi.

"Ronaldu xushmuomala emas edi. Biz uni stolimizga o‘tirishga ko‘ndirishimiz kerak edi, u biz bilan ovqatlanmadi. Ronaldu o‘z dunyosida edi. Krishtianu sport zaliga ham yolg‘iz o‘zi borardi. Ba’zida mashg‘ulotdan so‘ng butun jamoa qayoqqadir ketgan, ammo Ronaldu har doim jamoa bilan birga borishni rad etgan.

U yana qayerda o‘ynashi mumkin? Ko‘rdimki, uni "An-Nasr" va AQSHga taklif qilmoqchi. O‘ylaymanki, Ronaldu o‘zini Gollivudga bag‘ishlashga qarshi bo‘lmaydi", — dedi sobiq futbolchi Digi Sport bilan suhbatda.

37 yoshli Ronaldu hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi klubi "Manchester Yunayted" edi.

Kiritildi: 13:07, 24.12.2022.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик