Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Anyelli oilasi "Yuventus"ni sotib yuborishi mumkin

Anyelli oilasi "Yuventus"ni sotib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Anyelli oilasi "Yuventus"ni sotishi mumkin, deya ta’kidlaydi Tuttosport. Bunga klubning og‘ir moliyaviy ahvoli va huquq-tartibot organlarining sobiq rahbariyat ustidan olib borilgan tekshiruvlari sabab bo‘lgan.

28 noyabr kuni “Yuventus” klub direktorlar kengashi, jumladan, prezident Andrea Anyelli va vise-prezident Pavel Nedved iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

Avvalroq Turin klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani, klub transferlar hisobini real qiymatdan yuqori saqlashda, shuningdek, xodimlarning narxini kamaytirganlikda va futbolchilarning haqiqiy maoshini yashirganlikda ayblangani haqida xabar berilgandi.

“Yuventus” ayni damda A Seriyaning 15-turidan so‘ng 31 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Turin klubi peshqadam “Napoli”dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 00:29, 25.12.2022.
O'qildi: 1640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик