Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka - Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

Vunderkindning ikkinchi qiyofasi

Vunderkindning ikkinchi qiyofasi

Baho:
+ | -

Yusuf Mukoko - Dort­mund «Borussiya»sining birinchi raqamli tarbiyalanuvchisi, klub akademiyasi bosh javohiri.

 Biroq uning ota-onasi bilan munosabati yaxshi emas. Yigitcha shu tufayli klub bilan shartnoma muddatini uzaytirishga uncha oshiqmadi. Aniqroq aytsak, Yusuf noyabrni orziqib kutdi. Mana, u avvalgi oy 18 yoshini qarshi oldi, endi yangi shartnomasiga otasi aralashishi shart emas, hujjatga o‘zi mustaqil ravishda imzo chekishi mumkin.

*** 

«Borussiya» ayni payt Yusuf Mukokoga 3 yillik shartnoma asosida 10 mln. yevro miqdorida maosh taklif qilmoqda. Lekin uning oldida moliyaviy tomondan ancha yaxshi chorlovlar yetarli. Yosh futbolchining ota-onasi bilan munosabati buzilgani haqida birinchi bo‘lib, Germaniyaning Bild nashri xabar tarqatgandi. Unda ta’kidlanishicha, Yusuf nafaqat ota-onasi, balki oilasining bosh­qa a’zolari bilan ham sira kelisholmayotgan ekan. Katta Mukoko esa oraga sovuqchilik tushganida o‘g‘lining shaxsiy agentini ayblamoqda. Oradan ko‘p o‘tmay, oilaviy mojaro sabablari ham oydinlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Mukokolar faqat Yusufning mablag‘i evaziga kun ko‘rayotgan ekanlar, ular yana shohona hayotga moyillar. Deylik, 10 noyabrga qadar Gamburgdagi uy (hududi - 1300 kv.|metr) ijara haqi uchun 1 mln. yevrodan ko‘proq to‘lashlari lozimligi, aks holda, ko‘chaga chiqib ketishlariga to‘g‘ri kelishi xususida ma’lumotlar tarqalgandi. Umuman, Yusuf ota-onasi bilan 2 yildan buyon gaplashmaydi, shuning uchun muammo ancha chigal. Oddiy aytganda, futbolchi yaqinlari, xususan, ota-onasini ochko‘zlikda ayblab, ularga moddiy yordam berishdan bosh tortmoqda. 

*** 

Yusuf Mukoko aynan oilaviy janjal tufayli «Borussiya» D. bilan shartnomasi muddatini uzaytirishga shoshilmayotgandi. Vaholanki, hozirgi kelishuv 2023 yilning yozida o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunonchi, Yusuf klub taklifini oldinroq qabul qilganida, shartnomaga uning nomidan rasmiy vakil sifatida otasi imzo chekardi. Futbolchi esa buni shunchaki, xohlamadi va 18 yoshga to‘lishini kutdi. Endi esa Yusuf barchasini o‘zi mustaqil ravishda hal qilish huquqiga ega. Kicker ma’lumotiga qaraganda, tomonlar amaldagi hamkorlik muddatini uzaytirish masalasida kelishib qo‘yishgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, agar Yusuf taklif etilayotgan 3 yillik shartnoma ostiga imzo cheksa, jami 10 mln. yevro oladi. «Bolakay hozir atigi 17 yoshda, yana 2 oydan keyin balog‘atga yetadi, shunda mustaqil ravishda shartnoma tuzishi mumkin», - degandi «Borussiya» D. bosh murabbiyi Edin Terzich sentyabr oyida.

*** 

Dortmund klubi Mukokoni qo‘yib yubormaslikka urinishi tabiiy hol. Zero, gap Bundesliganing eng sermahsul futbolchilaridan biri haqida ketmoqda. Chempionatdagi debyutini 2020 yilning noyabrida nishonlagan Yusuf hozirga qadar maydonda jami 1093 daqiqa to‘p surib, 9ta gol urdi, qo‘shimchasiga 5ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Bundesliga tarixida atigi ikki futbolchi undan samaraliroq start qayd etgan - Erling Xoland va Robert Levandovski. Bilasiz, norvegiyalik ham, polshalik ham hozir Germaniya chempionatida emas. Demakki, ayni payt Bundesligada Yusuf Mukoko eng istiqbolli hujumchilardan biri bo‘lib turibdi. Yigitcha bejiz Germaniya milliy jamoasi tarkibida Qatar-2022 mundialiga yo‘l olgani yo‘q. Uning, umuman, bundestimning JCHdagi natijasi esa mutlaqo boshqa masala. 

*** 

Aslida yoshlar futbolida yorqin va sermahsul o‘yin namoyish etish asnosida ko‘zga tashlangan Mukoko «Dortmund» bilan YECHLda g‘alaba qozonish va «Oltin to‘p»ga qo‘l uzatish orzusida. Yigitchaning tarixiga nazar solsak, u Kamerunda tug‘ilgan, 10 yoshiga qadar bobosi va buvisi qaramog‘ida yashagach. Yusuf keyinroq o‘tgan asrning 90-yillari Germaniya fuqaroligini qabul qilgan otasi - Jozef ortidan Gamburgga yo‘l olgan. Darvoqe, yosh hujumchi bolalik payti tengqurlariga nisbatan yaqqol kattaroq ko‘ringani turli shubhalar uyg‘otgan va otasi bunga alohida izoh berishgacha borgandi: «O‘g‘lim dunyoga kelishi bilan uni Kamerun poytaxti - Yaundedagi Germaniya elchixonasida ro‘yxatdan o‘tkazganman. Bizda Yusufning tug‘ilgan sanasini tasdiqlaydigan rasmiy guvohnoma bor. O‘g‘limning yoshiga shubha bilan qarayotganlarga uni ko‘rsatishim mumkin».

*** 

Futbolchilik faoliyatini «Sankt-Pauli» akademiyasida boshlagan Yusuf avvaliga U-15 jamoasida o‘zini ko‘rsatdi - 12ta o‘yinda 21ta gol! Ana shu mahsuldorlik yosh iqtidorga Dortmund «Borussiya»si eshiklarini ochdi. Muhimi, Mukoko yangi jamoada yanada yuksakroq natijaga erishdi - 15ta o‘yinda 33ta gol! 2017 yili 12 yoshli bolakayni birdaniga U-17 toi­fasidagi o‘smirlar jamoasiga o‘tkazishdi va u debyutdagi «dubl» bilan ilk marta xorij OAV e’tiborini ham tort­di. Yosh va baquvvat hujumchi «dubl»dan so‘ng tez orada 2ta «xet-trik» va «poker» rasmiylashtirgach, «Borussiya» D. yangi fenomen topganiga to‘liq ishonch hosil qildi. Umuman, Mukoko U-17 birinchiligidagi dastlabki mavsumdayoq 28ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasini naq 50 marta nishonga oldi.

*** 

14 yoshli snayper 2019|2020 yillar mavsumi arafasida U-19 jamoasi safidan joy oldi va startni 6ta gol (!!!) bilan bezadi. Yusuf keyinchalik birin-ketin rekordlar o‘rnatishga tushdi:

** 2019 yilning sentyabrida o‘smirlar o‘rtasidagi CHL turnirida «Barselona»ga qarshi maydonga tushib, musobaqada qatnashgan eng yosh futbolchiga aylandi

** 14 yoshli bolakay oktyabr oyida «Inter» darvozasini ishg‘ol etish orqali o‘smirlar o‘rtasidagi CHLda gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. 

** 2020 yilning apreliga kelib, pandemiya tufayli 6ta o‘yin kechiktirilishiga qadar «Borussiya» U-19 tarkibida 20 marta maydonga tushib, 34ta gol urdi - navbatdagi rekord!

** Yusuf Bundesligadagi debyut golini 16 yoshu 28 kunligida nishonlab, chempionat rekordini yangiladi. U bu borada «Bayer» vakili Florian Virs (17 yoshk 34 kunlik payti «Bavariya» darvozasini zabt etgandi) natijasini yaxshiladi.

*** 

Aytish o‘rinli, 2020 yilga qadar Bundesligada 17 yoshga yetmagan futbolchining maydonga tushishiga yo‘l qo‘yilmasdi. «Borussiya» rahbariya­ti aynan Mukoko uchun cheklovni biroz yumshatishni talab qildi va futbolchilar 16 yoshdan Bundesligada to‘p surish huquqiga ega bo‘ldilar. Jumladan, Yusuf 16 yoshga to‘lgan kunining ertasiga Bundesligadagi debyutini nishonladi. Yosh hujumchi Nike bilan qiymati 10 mln. yevroga teng uzoq yillik shartnomaga ega va hali yuksak cho‘qqilarni zabt etish niyatida: «Maqsadim - Dortmundda professio­nal futbolchi maqomiga ega bo‘lish, CHL g‘olibiga aylanish va «Oltin to‘p» yutish». Nima derdik, yosh hujumchiga omad, faqat ota-onasi va yaqinlari bilan munosabatini izga solib olsa yaxshi bo‘lardi…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:48, 25.12.2022.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.