Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

“Lokomotiv” ham 2023 yilgi sarf-xarajatlari smetasini himoya qildi

“Lokomotiv” ham 2023 yilgi sarf-xarajatlari smetasini himoya qildi

Baho:
+ | -

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi "Futbol klublari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 261-sonli qaroridan kelib chiqib, Musobaqalar reglamentiga Superliga va Pro liga klublari yillik xarajatlari smetasini FIFA hamda OFK talablarini inobatga olgan holda O‘FA bilan kelishishi masalasi kiritilgandi.

2022 yilgi mavsum oldidan klublar ilk marta o‘z smetalarini O‘FAga kelishish uchun taqdim etishgan edi. Endilikda 2023 yilgi mavsum oldidan ham ushbu jarayon bajarilmoqda. Faqat bu safar klublar ikkita bosqichda smetalarini himoya qilishmoqda.

Dastlab klub 2022 yilgi smetadan o‘rin olgan mablag‘lar qanday sarf etilgani bo‘yicha komissiya a’zolariga hisobot beryapti. Shundan keyingina klubga 2023 yilgi mavsum uchun xarajatlar smetasi loyihasini himoya qilishga ruxsat berilyapti.

Professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish, klublarning infratuzilma va akademiyani rivojlantirish, shuningdek, maydonlarni xalqaro standartlarga moslashtirish va ularni sifatli saqlashga yo‘naltirishini ta’minlash maqsadida futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O‘FA, O‘zPFL hamda mustaqil auditorlardan tashkil topgan komissiya tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Hozirga qadar “Sho‘rtan”, “So‘g‘diyona”, “Xorazm”, “Andijon”, “Metallurg” kabi klublar O‘FA komissiyasi oldida smetani himoya qilishdi. Bugun “Lokomotiv” futbol klubi ham ortda qolayotgan yilgi sarf-xarajatlar yuzasidan hisobot berdi, shuningdek, yangi mavsum uchun yillik smetani O‘FA komissiyasi oldida himoya qildi.

Shu tartibda Superliga va Pro liganing barcha qolgan ishtirokchilari ham o‘z smetalarini O‘FA komissiyasiga taqdim qiladi. Yillik xarajatlar smetasi O‘FA komissiyasi tomonidan ma’qullanganidan keyingina klublarga yangi mavsum uchun O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi.

Oldinroq “Sho‘rtan” smeta bo‘yicha himoyani boshlab bergani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 20:03, 26.12.2022.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.