Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Rossiyalik deputat: «Ronaldu qayerda o‘ynamoqchi? Osiyoda. Biz ham OFKga o‘tamiz»

Rossiyalik deputat: «Ronaldu qayerda o‘ynamoqchi? Osiyoda. Biz ham OFKga o‘tamiz»

Baho:
+ | -

Rossiya Gosdumasi deputati Roman Teryushkov Rossiya futbol ittifoqining Osiyo futbol konfederasiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Hozirda qayerda o‘ynashni muhokama qilyapmiz. Jahonda 200ta mamlakat bor, NATOga esa bor-yo‘g‘i 30 davlat a’zo. Biz ular bilan o‘ynashni istaymizmi? Osiyoda esa bizga qarshi bo‘ladigan mamlakatlar ko‘p emas. Geosiyosiy jihatdan Osiyoda o‘ynashimiz muhim. Ronaldu qayerda o‘ynamoqchi? Osiyoda. Keling, biz ham sinab ko‘ramiz.

O‘z futbolchilarimizga e’tibor qaratishni boshlaymiz. Xorijlik o‘yinchilarga milliardlab pul sarflamaymiz. Yevropada biz so‘nggi marta qanday sovrinni qo‘lga kiritdik? «Zenit», «Spartak» va SSKA katta pul sarflamoqda.

Osiyoda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish qiziqmi? Men uchun yo‘q. Agar bizni OFKga qabul qilishsa ham, jahon chempionatini orzu qilmasa ham bo‘ladi. FIFA bizga ruxsat bermaydi. Hech bo‘lmasa Osiyo klublarimiz bilan o‘ynaymiz», — dedi Teryushkov.

Eslatib o‘tamiz, RFI ijroqo‘mi OFKga o‘tish masalasini bugun hal qiladi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 15:07, 29.12.2022.
O'qildi: 2077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик