"Manchester Siti" murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning qo‘pol o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Men Xoland bilan bu haqda gaplashaman. U sariq kartochka olganida, ehtiyot bo‘l, chunki bu xavfli bo‘lishi mumkin, dedim. Biz 11ga 10 o‘ynay olmaymiz.
Birinchi bo‘limda to‘pig‘i bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyin Xoland biroz g‘azablandi. U yaxshi munosabatda bo‘ldi va biz yaxshi futbol ko‘rsatdik", - dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" "Everton"ni mag‘lub eta olmadi - o‘yin 1:1 hisobida yakunlangandi.