Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ashraf Hakimiy va uning o‘zidan 12 yosh katta ayoli haqida

Ashraf Hakimiy va uning o‘zidan 12 yosh katta ayoli haqida

Baho:
+ | -

Marokash milliy jamoasi bosh yulduzlaridan biri Ashraf Hakimiy ispaniyalik aktrisa va model Xiba Abuk bilan oila qurgan.

E’tiborlisi, go‘zal xonim futbolchidan naq 12 yosh katta. Qolaversa, u g‘arbcha turmush tarziga moyil.

Aktrisa va model Xiba Abuk xonim Qatar mundiali davomida Marokash termasi himoyasida katta ko‘lamda ish bajargan Ashraf Hakimini tribunalarda bevosita va faol qo‘llab-quvvatlab turdi. Ispaniyalik xonim jumladan, 1|8 finaldan o‘rin olgan Ispaniya termasiga qarshi bahsda ham turmush o‘rtog‘ining jamoasi g‘alabasiga xayrixoh bo‘ldi. Eslatma, o‘sha o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani aynan «PSJ» vakili muvaffaqiyatli amalga oshirdi. O‘z o‘rnida aytish kerak, Ashraf Hakimiy ham xuddi hamxonasi kabi Ispaniyada ulg‘aygan, faoliyatining muhim boshlang‘ich qismida «Real» sharafini himoya qilgan. Marokashlik iqtidor vaqtida Ispaniya yoshlar termasidan chorlov ham olgan, ammo bunga rad javobi bergan. Ya’ni yurak amriga bo‘ysinib, xalqaro darajada ajdodlari vatani - Marokash uchun o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Mana, futbolchi bu tanlovi ortidan munosib taqdirlandi. Har holda, Marokash milliy jamoasi Qatar mundialiga o‘zgacha zeb berdi va bunda Ashrafning roli kichik bo‘lmadi. Bilasiz, mag‘ribliklar ispanlardan keyin portugallarni ham nokautga uchratishdi, faqat fransiyaliklarga kelganda...

Xiba Abuk Ispaniyada tunislik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Modelning yuz qiyofasiga qarab, tomirida arablar qoni oqayotganini osongina tushunish mumkin. Futbolchidan 12 yosh katta xonim ham aktrisa, ham model sifatida tanilib ulgurgan. Har holda, kino olamiga 12 yil oldin bosh suqqandi, o‘sha vaqt Hakimi atigi 12 yoshli bolakay bo‘lgan. Ha, raqamlar sehri shunaqa. O‘spirin yigitchalar filmlar tomoshasi ta’sirida beixtiyor aktrisalarni chinakamiga sevib qolishadi odatda. Kim biladi, Ashraf ham Xibaga xuddi shunday tarzda ko‘ngil qo‘ygandir. Shunday bo‘lsa, yosh futbolchining ilk tuyg‘ulari vaqt o‘tishi bilan pasaymagan, balki kuchaygan va ekran hurliqosi qalbini zabt etish ishtiyoqiga aylangan. Xullas, Hakimiy va Abuk 2019 yili nikoh rishtasi bilan bir-birlariga bog‘lanishdi. Hozir baxtiyor oilada ikki nafar farzand bor. Futbolchi va model tez-tez birga sayo­hatga chiqishadi, suv sporti bilan shug‘ullanishadi. Qisqasi, ularni bir-biriga mos tushgan juftlik sifatida ta’riflash mumkin. Har holda, yosh o‘rtasidagi farq allaqachon ahamiyatini butkul yo‘qotgan.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 02.01.2023.
O'qildi: 4700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.