Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Diyor Imomxo‘jayev: "Kimlardir Abbos Fayzullayevning OCHLda Ronalduga qarshi o‘ynashidan ko‘ra, uning U-20 Osiyo chempionatida o‘ynashini ko‘proq istamoqda"

Diyor Imomxo‘jayev: "Kimlardir Abbos Fayzullayevning OCHLda Ronalduga qarshi o‘ynashidan ko‘ra, uning U-20 Osiyo chempionatida o‘ynashini ko‘proq istamoqda"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanalida Halqaro maydonlardagi kvotalar sonini oshirish va Abbos Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

"Chempionlar ligasiga 1 ta va OFK kubogiga 1 ta yo‘llanma. Ha, bu biz uchun kam. Kvotalar sonini yildan-yilga oshirib borish esa o‘zimizning qo‘limizda. Tushuntirishga harakat qilaman.

OFK kvotalar belgilashda so‘nggi 4 yillik natijalarga e’tibor qaratib kelayotgan edi. Buning natijasida biz 2023/24 yilgi mavsum uchun 2+2 kvotasiga ega chiqdik. Hozirgi holatda g‘arb mintaqasida Saudiya, Eron va Qatardan ortdamiz.

2024/25 yilgi mavsumdan e’tiboran OFK kvota ajratishda so‘nggi 8 yillik natijalarga e’tiborini qaratadi. Oqibatda BAA ham bizdan o‘zib ketadi. Chunki tahminan 2014-17 yillar davomida futbol klublarimiz xalqaro maydonda juda sust ishtirok etgan. Hisoblash esa 2015 yilni ham nazarda tutadi. Pandemiya sabab 2020 yil hisobga kiritilmaydi.

Fevral oyida Nasaf, avgustdan boshlab Navbahor va AGMK, sentyabrdan boshlab Paxtakor va Nasaf Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tilakdoshmiz. Bu esa kvotalarimiz sonini oshirishga yordam berishi mumkin. Hozirgi holatda esa BAA ham ancha ilgarilab ketgan.

O‘sha 2014 yillardan boshlab biz lisenziyalash jarayoniga past nazar bilan qaraganmiz, futbol klublarimizni tom ma’noda professional futbol klublariga aylantirishda ko‘zbo‘yamachilik bilan mashg‘ul bo‘lganmiz. Futbol sharhi, Sokker klub kabi dasturlar, Erudit sport gazetasidagi maqolalar bejizga yaxshi ko‘rilmagan. Chunki o‘sha vaqtlardagi holat ularda ifoda etilgan. Biz haqiqiy holatimizni aniq tan olishimiz va keyingi rejalarni shunga qarab moslashtirishimiz shart. Biroq afsuski, bugun biz sms yozgan shaxslar Abbos Fayzullayevning Chempionlar ligasida ehtimoliy Ronalduga qarshi o‘ynashidan ko‘ra, uning U20 Osiyo chempionatida to‘p surishini ko‘proq istamoqda. Bu esa bizga potensial Shomurodovlarni emas, bir necha yil yo‘qolib qolib, keyin katta qiyinchilik bilan oyoqqa turadigan Iskanderovlarni taqdim etishi haqiqatga yaqinroq. Kelajak avlod bizdan ranjimasligi uchun ham xushyorroq bo‘lishimiz shart." - deyiladi Imomxo‘jayevning postida.

Kiritildi: 15:37, 03.01.2023.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.