Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronalduning tanishtiruv marosimidagi so‘zi Janubiy Afrikaliklarni xursand qilib yubordi

Ronalduning tanishtiruv marosimidagi so‘zi Janubiy Afrikaliklarni xursand qilib yubordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Janubiy Afrikada turizm bilan shug‘ullanuvchi South African Tourism kompaniyasi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga murojaat yozdi.

Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" klubidagi taqdimot chog‘ida 37 yoshli futbolchi noto‘g‘ri gapirib, Saudiya Arabistonini JAR bilan adashtirib yuborgandi.

"Biz Krishtianuning tashrif buyurishini intiqlik bilan kutamiz. Biz uni istalgan vaqtda Janubiy Afrikada ko‘rishdan xursand bo‘lamiz", — deyiladi Janubiy Afrika turizmi matbuot xizmati xabarida.

Krishtianu "An-Nasr" bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv tufayli portugaliyalik jahon futbolidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Uning maoshi yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 18:30, 05.01.2023.
O'qildi: 3677 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик