Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

II MDH o‘yinlari sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi

II MDH o‘yinlari sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

MDHga a’zo davlatlar vakillari Yangi yil arafasida Hamdo‘stlik mamlakatlari II o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishida musobaqa nizomini tasdiqladilar.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, II MDH o‘yinlari joriy yilning 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Musobaqa dasturidan ko‘plab sport turlari o‘rin olgan. O‘yinlar konsepsiyasi Belarusning 11 shahrida sportning 21 turi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini nazarda tutadi. Xususan, turnir bahslari Minsk, Borisov, Brest, Vitebsk, Gomel, Grodno, Jlobin, Mogilyov, Molodechno, Orsha va Soligorsk shaharlarida o‘tkaziladi.

MDH o‘yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegasiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mo‘g‘uliston, Xitoy, Kuba, Eron, O‘mon, Saudiya Arabistoni delegasiyalarining ayrim sport turlarida ishtirok etish masalalari ishlab chiqilmoqda.

I MDH o‘yinlari 2021 yilning 4–11-sentyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqada MDHning 9 davlati – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalaridan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan. Ishtirokchilar sportning 16 turi bo‘yicha 181 ta medallar jamlanmasi uchun o‘zaro musobaqalashgan edi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 12:01, 06.01.2023.
O'qildi: 3031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.