Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ana xolos! AQSH terma jamoasi ustozi 30 yil avvalgi voqea uchun o‘z lavozimidan chetlashtirildi

Ana xolos! AQSH terma jamoasi ustozi 30 yil avvalgi voqea uchun o‘z lavozimidan chetlashtirildi

Baho:
+ | -

Absurd!

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter Qatarda yaxshi ish olib bordi. Uning jamoasi JCH-2022 1/8 finaliga chiqdi va Angliya, Uels va Eron bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Biroq, turnir tugaganidan ikki hafta o‘tgach, Gregg kutilmaganda ishdan chetlashtirildi. Nega? Sababi - absurd. Berxalter 31 yil oldin sodir bo‘lgan oiladagi zo‘ravonlikda ayblanmoqda.

Nima bo‘lgandi o‘zi?

1991 yilning kuzida Gregg vafot etgan rafiqasi Rozalind bilan uchrashdi. O‘sha paytda u 18 yoshda edi, u kollejning birinchi kursida o‘qir edi. Berxalter qiz bilan uchrashishni boshladi va dastlab hamma narsa a’lo darajada o‘tdi. Biroq oradan 4 oy o‘tib, ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Sevishganlar barda ichishdi, keyin tortishib qolishdi. Ko‘chaga chiqib, ular bir-biriga baqira boshladilar, Gregg his-tuyg‘ularini jilovlay olmadi va Rozalindning oyoqlariga urdi.

Nima uchun amerikalik murabbiy hozir zo‘ravonlikda ayblandi?

AQSH terma jamoasi murabbiyi bilan janjal qandaydir absurd, bu "Santa Barbara" serialining ssenariysini eslatadi. Gregg haqida Amerika futbol federasiyasiga yarim himoyachi Jovanni Reynaning onasi, Berxalterlar oilasining yaqin dugonasi xabar bergan. O‘sha paytda u Rozalind bilan bir xonada edi.

Nega endi aynan hozir bu mavzu ko‘tarilmoqda? Buning sababi, katta ehtimol bilan qasos olish istagi.

Gap shundaki, JCH-2022 oldidan Berxalter oilasining yaqin dugonasi bo‘lgan ayolning o‘g‘li - Jovanni Reynani zaxira o‘rindig‘iga o‘tkazib qo‘ydi.

"Jahon chempionatidan oldin Berxalter menga turnirdagi rolim juda cheklangan bo‘lishini aytdi. Men hayratda qoldim. Men har doim o‘yinga ishtiyoqimni qo‘yaman, futbol mening hayotim. Men jahon chempionatida iqtidorli jamoamizga yordam berishni chin dildan orzu qilardim va buni chin dildan xohlardim” - dedi Reyna.

Jovanni bunday qarorga kela olmadi va Qatarda Uels bilan o‘ynamasligini anglagach, dovdirab qoldi: zaxirada o‘tirgan Reyna jazavaga tushdi. Ertasi kuni esa mashg‘ulotlarda ataylab "hunar" ko‘rsatdi.

Jamoa ichida dahshatli janjal kelib chiqdi. Ular Jovannini uyiga jo‘natmoqchi bo‘lishdi. Biroq, uni ovoz berish orqali qutqarib qoldi - 25 kishidan 13 nafari janjalkash futbolchini jamoada qoldirish tarafdori edi. Natijada jahon chempionatida yarim himoyachi 52 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Shunga qaramay, na katta Reyna (Klaudio Reyna - AQSH terma jamoasi afsonasi), na uning rafiqasi bunday moslashuvdan qoniqmadi. Shu sababli, Berxalterni iste’foga chiqishini talab qilishga qaror qilindi.

Biroq, Jovannining onasi uning harakatini umuman qasos olish istagi bilan emas, balki adolatga chanqoqlik bilan izohlaydi.

"Men Erni Styuartni (AQSH futbol federasiyasi sport direktori) ko‘p yillardan beri bilaman va uni yaqin do‘st deb bilaman. Men unga Jioning dahshatli holatidan g‘azablanganimni va xafa bo‘lganimni aytdim. Men oilam ko‘p yillar davomida do‘st deb hisoblagan kishi tomonidan xiyonat qilganini his qildim.

Men Erniga uzr so‘ragan Jioning hali ham haqorat qilinayotganini adolatsizlik deb hisoblaganimni aytdim. Va Gregg o‘sha yoshda undan ham yomonroq ish qilgani uchun kechirim so‘radi va o‘g‘limni terma jamoaga oldi.

Rozalind Berxalter mening xonadoshim, jamoadoshim va eng yaxshi do‘stim edi. O‘sha voqeadan keyin uni qo‘llab-quvvatladim. Shundan keyin Greggni kechirishim va qabul qilishim uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi.

Lekin men uni kechirish uchun ko‘p harakat qildim va yakunda ikkalasini ham, bolalarini ham oilam hayotining katta qismiga aylantirdim. Men undan Jioga ham xuddi shunday yaxshilik ko‘rsatishini kutgandim. Shuning uchun hozirgi vaziyat juda og‘riqli", - dedi Jovannining onasi.

Endi nima bo‘ladi?

Qanday bo‘lmasin, Berxalter vaziyatni o‘nglamoqchi bo‘ldi. Shov-shuvli voqea ommaga oshkor bo‘lishidan oldin Gregg ijtimoiy tarmoqlarida voqea haqida oshkor qildi.

Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, u Futbol federasiyasi bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligini bildirdi, ammo, tashkilot tergov o‘tkazish uchun allaqachon yuristlarni yollagandi.

Eng qizig‘i, Rozalind Berxalterni ancha oldin kechirgan — ular 30 yildan ortiq baxtli hayot kechirishgan. Biroq, Gregg hali ham uzoq davom etgan janjal oqibatlaridan qocha olmadi.

Yuristlar nima bo‘lganini aniqlashar ekan, Berxalterni terma jamoani tayyorlay olmaganlikda ayblashdi va u vaqtincha ishdan chetlashtirildi.

Tergov natijalari murabbiy uchun qanday bo‘lishi hozircha aniq emas. Biroq, janjal qanchalik baland bo‘lganiga qaraganda, AQSHda Gregg yoshligidagi xatolari uchun kechirilmaydi.

Kiritildi: 23:13, 06.01.2023.
O'qildi: 3467 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.