Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Ko‘pyillik chempion sifatida kasallikka yengilgan afsonaviy Vialli tarixiga nazar

Ko‘pyillik chempion sifatida kasallikka yengilgan afsonaviy Vialli tarixiga nazar

Baho:
+ | -

Italiya, «Chelsi» va «Yuventus» klublarining sobiq hujumchisi Janluka Vialli 6 yanvar kuni 59 yoshida vafot etdi. O‘limning rasmiy sababi - oshqozon osti bezi saratoni. Italiyalik sobiq futbolchi va murabbiy uzoq vaqt kasallik bilan kurashdi, ammo kasallik kuchliroq bo‘lib chiqdi. Vialli so‘nggi kunlarini kasalxonada o‘tkazdi, afsuski, Rojdestvo arafasida uning ahvoli yomonlashdi. Biz taniqli italiyalik hujumchining futbol faoliyati qanday o‘tganini eslaymiz.

Vialli 1964 yilda Italiya shimolidagi Kremona shahrida tug‘ilgan. Janluka baxtli bolalikni o‘tkazdi: u to‘rtta aka-uka va opa-singillar bilan Milan yaqinidagi Beldjoyozo qishlog‘ida XIV asrga oid ulkan qasrda o‘sgan. Saroyni qurilishdagi magnat bo‘lgan millioner otasi sotib olgan. Bola o‘z shahrida futbol o‘ynagan, biroq uning oilasi otasidan tashqari, sportga umuman qiziqmagan. 16 yoshida Vialli mahalliy klub - «Kremoneze»ga chaqiruv oldi. Bu jamoa uchun u to‘rt yil o‘ynadi, shundan so‘ng 1984 yilda «Sampdoriya»ga o‘tdi. U yerda hujumchi hayotidagi asosiy do‘stlaridan biri – Roberto Manchini bilan uchrashdi. Birgalikda bu juftlik gollar yomg‘iri uchun «egizak to‘purarlar» nomini oldilar. Avvallari Italiya futbolida haqiqiy kuch bo‘lmagan «Sampdoriya» o‘shanda yetakchilikni qo‘lga kiritgan: hujumkor duet bilan birgalikda klub A Seriya (1990/1991), uchta Italiya kubogi (1985, 1988, 1989) va UYEFA kubogi sohibi bo‘ldi. Kubok egalari kubogi finalida «Sampa» Belgiyaning «Anderlext» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi va Vialli ikkala golga ham mualliflik qildi.

Manchini va Vialli bir-birini mukammal tarzda to‘ldirishgan. Buni marhumning o‘zi shunday eslaydi: «Roberto texnik jihatdan ajoyib qobiliyatga ega edi, u to‘p bilan hamma narsani qanday qilishni bilardi. U driblingda raqiblar bilan raqiblarga zarracha ham imkoniyat qoldirmagan, aql bovar qilmaydigan paslar bergan. Yoshligimizning eng yaxshi yillarini birga o‘tkazdik. Manchini bilan men futbolchi sifatida eng yaxshi damlarni boshdan kechirdim. Birinchidan, biz yosh edik, ikkinchidan, kamtarin jamoa bilan aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyatlarga erishdik. Bu shunchaki do‘stlik emas, biz birodarlarmiz». 1990 yilda Vialli Italiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. U guruh bosqichining 2-turida AQSHga qarshi o‘yinda (1:0) penaltini amalga oshira olmagani uchun tarkibdan chetda qoldi, ammo turnir mezbonlari mag‘lub bo‘lgan Argentina bilan yarim final uchun yana startga qaytdi. Natijada Italiya uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda Angliyani (2:1) mag‘lub etib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

«Sampdoriya» Manchini va Vialli uchun muvaffaqiyat cho‘qqisi sifatida eslanadi. 1992 yilda italiyaliklar «Uembli»da «Barselona» bilan uchrashishgan. Ammo «Sampa» qo‘shimcha bo‘limlarda kataloniyaliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ronald Kuman hal qiluvchi golni kiritgunga qadar Vialli butun o‘yin davomida uchta ajoyib imkoniyatni o‘tkazib yubordi. Oradan ko‘p o‘tmay Vialli «Yuventus» taklifini qabul qilib, «Sampdoriya»ning oltin davrini tugatdi. Vialli o‘sha paytda jahon futboli uchun rekord summa - 15 million dollarga transfer bo‘lgan. Turindagi birinchi mavsumida u 1993 yilda UYEFA kubogini qo‘lga kiritdi, keyin esa yangi murabbiy Lippi qo‘l ostida jamoaga g‘alaba qozonishga yordam berdi. «Oltin dubl»: «Yuventus» Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi - 1994/1995 va Italiya kubogi sohibiga aylandi. «Yuventus»ning o‘sha yillardagi tarkibi yirik nomlar bilan ajralib turardi: jamoada Viallidan tashqari Roberto Badjo va Alessandro Del Pyero o‘ynagan. Klub uchun eng yuqori natija Chempionlar ligasidagi g‘alaba bo‘ldi - 1995/1996 yillar. «Yuventus» Rimdagi «Olimpiko» stadionida penaltilar seriyasida «Ayaks»ni mag‘lub etgan (1:1, 4:2).

30 yoshida Vialli rejalarni o‘zgartirishga va o‘zini chet el chempionatida sinab ko‘rishga qaror qildi. 1996 yilda u «Chelsi»ga o‘tdi. Vialli ingliz tilini mukammal bilishi, shuningdek, muxlislarni qiziqtirgan xarakteri tufayli darhol «Stemford Brij»dagi sevimli insonga aylandi. Birinchi mavsumida italiyalik futbolchi jamoa bilan Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va keyingi yili u g‘ayrioddiy holatga tushdi: Vialli «Chelsi»ning o‘yindagi murabbiyiga aylandi. Ilgari xuddi shunday lavozimda ishlagan Rud Gullit klubni tark etgandi. Vialli Liga kubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi birinchi yirik o‘yin oldidan kiyinish xonasida o‘yinchilarga tom ma’noda bir stakan shampan tarqatib, tinch muhit yaratishga harakat qilardi. Bu ish berdi: «ko‘klar» yakunda «kanonirlar» va «Midlsbro»ni mag‘lub etib, turnirda g‘alaba qozonishdi. 1998 yilda «Chelsi» finalda «Shtutgart»ni mag‘lub etib, Yevropa Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritdi. Vialli 33 yoshida Yevropa futboli tarixida xalqaro turnirda g‘olib chiqqan eng yosh murabbiyga aylandi. 1998/1999 yilgi mavsumda «Chelsi» Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egalladi, bu jamoa uchun 1970 yildan beri chempionatdagi eng yaxshi yutuq edi. Biroq keyingi mavsumda u «Uotford»ga jo‘nab ketdi va futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Keyinchalik u bosh murabbiylik faoliyatiga qaytmadi. Vialli asosan Sky Italia telekanalida tahlilchi va sharhlovchi sifatida ishlagan. Italiyada Tifosy investisiya kompaniyasini ham yaratdi. Ammo 2018 yilda ko‘p narsa o‘zgardi: Vialliga dahshatli bo‘lgan oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. 2019 yilning kuzida Viallining eski do‘sti Roberto Manchini uni Italiya terma jamoasiga delegasiya rahbari sifatida taklif qilgandi. Kasallik uzoq davom etgan muolajaadan so‘ng yo‘qoldi. Italiya jamoasi 2021 yilda Yevropa chempioni bo‘ldi va Vialli jamoaning muvaffaqiyatida katta rol o‘ynadi. U doim Manchini yonida bo‘lgan, shuningdek, kerakli daqiqalarda muhim ko‘rsatmalar berib, o‘zining jasoratli namunasi bilan terma jamoa futbolchilarini rag‘batlantirgan. 2022 yil dekabr oyi o‘rtalarida Vialli e’tiborini yana paydo bo‘lgan saratonga qarshi kurashga qaratish maqsadida Italiya terma jamoasidagi o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:55, 07.01.2023.
O'qildi: 1598 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.