Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ajoyib do‘stlik. Manchini va Italiyani Yevropada tengsiz qilgan Vialli

Ajoyib do‘stlik. Manchini va Italiyani Yevropada tengsiz qilgan Vialli

Baho:
+ | -

 Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bilan Yevro-2020 g‘olibiga aylangani va mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. O‘ylashimcha, bu muvaffaqiyatning asosiy masallig‘i murabbiyning darajasida emas, balki Roberto Manchini va “moviy gvardiya” murabbiylar shtabi a’zosi - Janluka Viallining ko‘p yillik do‘stligi, o‘zaro ishonchi va hamkorligi bo‘lgandir? Nima bo‘lganda ham 80-90 yillar futbolida porlagan ajoyib xujumchilar juftligi birgalikda “buzoqchalar o‘lkasini” qit’ada tengsiz qila olgandi. Ular futbolchilikda erisha olmagan sovriniga murabbiy sifatida erishdi. Afsuski, ularning biri endi yo‘q. So‘nggi haftada Janluka Vialli saraton kasalligi tufayli olamdan ko‘z yumdi.

     Ilk bor Roberto va Janluka 1983 yilda o‘smirlar terma jamoasining Koversiano yig‘inida uchrashishgan. 19 yoshli Manchini terma jamoada bir yil o‘ynab ulgurgan. Vialli esa ilk bor milliy jamoaga chaqiruv olgandi.

"Robertoning o‘yini menga yoqar edi. Biz birinchi marta Koversianoda uchrashganmiz. O‘sha paytda u allaqachon muxlislarning suyuklisiga aylangan edi. U ajoyib o‘yin ko‘rsatar edi”, - deb eslagandi Vialli.

      O‘sha yillarda Italiyaning asosiy termasidan ko‘ra ko‘proq yoshlar jamoasi ko‘plab muxlislarning e’tiborini tortgandi. Ayniqsa, jamoadagi 2 vunderkindning o‘yinlari hammaga manzur kelgan edi. O‘sha paytlarda “Sampdoriya” sharafini himoya qilgan Manchini bir necha bor klub rahbarlariga Viallini sotib olish kerakligini aytgan. Umuman olganda Roberto, o‘zining termadagi sherigi bilan bir klub safida o‘ynashni juda ham xohlagan. 1984 yilga kelib klub xujum chizig‘ini aynan Vialli bilan kuchaytirishga qaror qilgan. 1982 yilda A Seriyaga chiqqan “Sampdoriya” 1984-85 yilgi mavsumda Italiya kubogini qo‘lga kiritgan. E’tiborga molik jihati shundagi, o‘sha finalda“egizak-xujumchilar” raqib darvozasini ishg‘ol etgan. O‘yindan bir kun oldin vunderkindlar kechasi bilan uxlamay final uchun o‘zlarining o‘yin rejasini tuzib olishgan.  

Futbol olamida “egizaklar” laqabini olgan yigitlarning o‘yin uslubi bir-birinikidan ancha farq qilardi. Manchini ortroqdan xujum yaratar, ba’zan ximoyaga ham ko‘maklashardi. Umuman olganda, u jamoaning yaratuvchisi edi. Vialli esa aksincha, u xujumning eng oldi qismida xarakat qilardi. Uning vazifasi faqat va faqat xujumni gol bilan yakunlash bo‘lgan. Qahramonlarimiz futboldan tashqari hayotda ham doim birgalikda bo‘lgan. Viallining aytishicha, biri boshqasidan kelib chiqqan. Maydonda o‘zaro tushunish do‘stlikni mustahkamladi va teskari ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni maydondan tashqaridagi do‘stlik ham maydonda bir-birini so‘zsiz tushunishiga sabab bo‘ladi deb hisoblagan.  

      O‘sha paytlardagi "Sampdoriya" prezidenti hisoblangan Paolo Mantovani: "Agar Manchini maydonga tushmasligini bilsam, men stadionga bormayman", degandi.  Yosh Manchini fidoyi va zukkoligi bilan ajralib turardi - u nozik va chiroyli o‘ynaydi, maydonda aqlli harakatlanadi. U har bir matchda g‘ayritabiiy harakatlari bilan hammani lol qoldirishga qodir edi. 

   1988 yilda Manchini Italiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, bungacha Vialli bir necha bor chempionat to‘purariga aylanib ulgurgan edi.

1990 yilda ukrainalik yarim himoyachi Aleksey Mixailichenko "Sampdoriya" tarkibiga kelib qo‘shiladi. O‘sha mavsumda jamoa birinchi va oxirgi chempionligini qo‘lga kiritgandi. Lekin, oradan vaqt o‘tgach “egizak xujumchilar” va Mixailichenko o‘rtasida nizolar kelib chiqa boshladi. Italiyaliklar yangi jamoadoshiga yetakchilik qilishiga imkon berishni xohlamadi va bu nizolar “Sampdoriya”ning kelajagiga bir-muncha o‘zining ta’sirini o‘tkazdi. Beluchchi, Katanes va jamoaning yana bir necha a’zosi bu janjallarga aralashib qolishdi. O‘sha paytdagi “Sampdoriya” darvozaboni Manchiniga shunday ta’rif bergandi "Uning qaynoq fe’l –atvori, nafis o‘yin uslubining teskarisi edi”. Chempionlikdan so‘ng Mixailichenko Reynjersga jo‘nab ketdi. Afsuski, bu “Sampdoriya”ning so‘nggi “oltin” mavsumi edi.

Sampdoriya 1991/92 yilgi Chempionlar ligasi finalida "Barselona" ga yutqazdi. Ushbu o‘yin Manchini-Vialli juftligining jamoadagi eng so‘nggi o‘yini edi. Mavsum yakunida Vialli “Yuventus”ga rekord summada transfer qilindi. “Yuventus”dan so‘ng Vialli 1996 yilda Londonning “Chelsi” klubi safiga borib qo‘shiladi va 1999 yilgi mavsumdan keyin o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qiladi.

Bu orada Manchini 1997 yilgacha “Sampdoriya”da qoladi. Sherigisiz hech qanday yutuqqa erisha olmagach, Rimning “Lasio” klubiga ko‘chib o‘tadi. U yerda 4 mavsum moviy libosda maydonga tushadi va 2001 yilga kelib Angliyaning “Lester” klubi sharafini himoya qiladi. O‘sha yili Manchini “Lester” safida 4 bor maydonga tushadi va do‘sti kabi “Tumanli Albion”da o‘z faoliyatini yakunlashini ommaga e’lon qiladi. 

    Do‘stlar 30 yildan keyin, yana bir ish joyida uchrashishdi. Bu safar murabbiy sifatida. 

 "Biz shunchaki do‘st emasmiz, biz birodarlarmiz. Alohida yo‘llar bilan ketganimizdan keyin ham o‘zaro bir birimizni yaxshi tushunishimiz saqlanib qolgan”, - degan edi Vialli Italiya matbuotiga.

    Balki, 30 yil oldingi kabi, Manchini va Vialli kechqurun uchrashib, strategiyalar ishlab chiqishgan. Ehtimol, Yevroda “Moviy Gvardiya” tengsiz deb topilishiga sabab shudir? Ammo endi unday bo‘lmaydi. Manchini yoshligidan o‘ziga do‘st deb bilan futbol afsonasi endi yo‘q.                                                             

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:47, 08.01.2023.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.