«Manchester Yunayted» rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq voqeadan to‘g‘ri xulosa chiqardi.
Jamoa maoshlar yuqori chegarani belgiladi. Endi klub hech bir futbolchiga haftasiga 200 ming funt sterlingdan ko‘p maosh to‘lamaydi. Bu orqali jamoa futbolchilarning maoshlari orasidagi keskin farq yuzaga kelishining oldini oladi. Ronaldu esa jamoadoshlariga nisbatan ancha ko‘p maosh olgan.
«MYU» ushbu qoidani «Ronaldu qoidasi» deb atashdi.