Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa

Eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali 2022-yil yakuni bo‘yicha dunyoning eng qimmat futbolchilarining yakuniy versiyasini taqdim etdi. Oxirgi yangilanish 2022 yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan keyin sodir bo‘ldi. Bugun biz bu futbolchilarni bir terma jamoaga jamladik. Ushbu tarkibning umumiy qiymati 1,14 milliard yevroni tashkil qiladi.

Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real Madrid”, 60 mln yevro)

30 yoshli belgiyalik ayni damda haqli ravishda dunyoning eng qimmat darvozaboni maqomiga ega. Kurtua o‘tgan mavsumda "Real"ning La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishida asosiy omil bo‘ldi. Shuningdek, u France Football tomonidan 2022 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Qatardagi turnirda yaxshi o‘ynamagan bo‘lsada, Tibo top darvozaboni bo‘lib qolmoqda.

Chap qanot himoyachisi - Alfonso Devis (“Bavariya”, 70 mln yevro)

Kanadalik yulduz hali o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqmadi. Devis 2022 yilgi jahon chempionatida milliy terma jamoa bilan o‘ynadi, ammo sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Biroq, bu 2022 yilda uni ta’qib qilgan jarohatlarga qaramay, har mavsum rivojlanib kelayotgan futbolchining narxiga ta’sir qilmaydi.

Markaziy himoyachi – Yoshko Gvardiol (“Leypsig”, 75 mln yevro)

Yevropaning ko‘plab klublari hozir 20 yoshli xorvatni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Gvardiol jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Gvardiolga hozirda “Manchester Siti”, “Chelsi” va shuningdek, “Real” ham faol qiziqish bildirmoqda. Xorvat o‘zida zamonaviy himoyachining deyarli barcha eng muhim jihatlarini o‘zida jamlagan: tezlik, qat’iyatlilik, yaxshi to‘p uzatish va to‘g‘ri pozisiyani tanlash qobiliyati.

Markaziy himoyachi - Ruben Diash (“Manchester Siti”, 75 million yevro)

Portugaliyalik uzoq vaqtdan beri Pep jamoasining markazida o‘z o‘rnini egallab olgan. Qolaversa, portugaliyalik ruhiy jihatdan ancha barqaror va muhim o‘yinlarda katta tajribaga ega. Diash dunyoning istalgan klubini kuchaytirardi. Ammo "Siti" bunday muhim futbolchini hech qayerga qo‘yib yubormaydi.

O‘ng qanot himoyachisi - Ashraf Hakimiy (“PSJ”, 70 mln yevro)

Hakimiy JCH-2022da shov-shuvli Marokashning muhim qismiga aylandi va jamoani hujum va himoya ko‘rsatkichlarida boshqaradi. Shu bilan birga, u beshta himoyachi bilan o‘ng qanot o‘rnini egallagan sxemada ham, to‘rtta himoyachi bilan tizimda ham o‘ynashi mumkin.

Markaziy yarim himoyachi - Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”, 110 mln yevro)

30 yoshli tajribali futbolchidek harakat qiladigan 19 yoshli ingliz. Terma jamoada yorqin kelajak uchun yangi umid. Bellingem o‘zida ideal yarim himoyachining sifatlarini mujassam etgan: tezlik, maydonni ko‘rish, to‘p uzatish, zarba berish, texnika, kurash, chidamlilik, jismoniy holat. "Real", "Liverpul", "Siti", "Manchester Yunayted" bu iqtidorli futbolchi uchun kurashda.

Markaz yarim himoyachisi - Fil Foden (“Manchester Siti”, 110 mln yevro)

An’anaga ko‘ra, angliyalik futbolchilar juda yuqori baholanadi. Ammo Fodenning narxi o‘zini oqlaydi. 2019 yildagi Xosep Gvardioladan iqtibos keltirish o‘rinli: “Men matbuot anjumanlarida ko‘p marta gapirganman, lekin Filning yuziga emas – u men futbol va murabbiy sifatida ko‘rgan eng iqtidorli futbolchi. U eng yaxshilardan biriga aylanish uchun hamma narsaga ega. Nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda”.

Chap qanot yarim himoyachisi - Vinisius Junior (“Real Madrid”, 120 mln yevro)

22 yoshli futbolchi "Real Madrid"ning asosiy yulduzlaridan biriga va Braziliya terma jamoasining asosiy futbolchisiga aylandi. 2022 yilgi Jahon chempionatida Vinisius porlamadi, ammo u Madrid klubining o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatidagi muhim bo‘g‘in bo‘ldi. Uning texnikasi, driblingi, tezligi anchadan beri elit darajasida. Shuning uchun 120 million yevro miqdori unga mos keladi.

O‘ng qanot yarim himoyachisi - Bukayo Saka (“Arsenal”, 100 mln yevro)

21 yoshli ingliz futbolchisi "Arsenal" akademiyasining so‘nggi super kashfiyotidir. Saka allaqachon klubda bir nechta pozisiyalarda o‘ynagan, ammo nihoyat hujumning o‘ng qanotiga joylashdi. U murabbiyning talabiga moslashishni, uning har qanday ko‘rsatmalarini bajarishni biladi, go‘yo Bukayo butun umri davomida shu rolni o‘ynagandek. Saka o‘z yoshi uchun noyob xarakter va aqlli futbolchi bo‘lib ko‘rinadi.

Hujumchi: Kilian Mbappe (“PSJ”, 180 mln yevro)

Hozirda dunyodagi eng qimmat va ehtimol eng yaxshi futbolchisi. Mbappe atrofida boshqa jamoaga o‘tish haqidagi dostonlar hali ham davom etmoqda. OAV xabariga ko‘ra, Kilian "PSJ" barcha va’dalarini bajarmaganidan xursand emas, shu sababli u transfer haqida o‘ylamoqda. Parijliklar esa futbolchi uchun kamida 300 million yevro talab qilishmoqda.

Hujumchi - Erling Xoland (“Manchester Siti”, 170 mln yevro)

Norvegiya vikingi Yevropani “gollar yomg‘iri” bilan qo‘rqitishda davom etmoqda. “Siti” transferdan keyin Xolandni emas, gol urish mashinasini sotib olgandek taassurot uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, britaniyaliklar unchalik ko‘p emas - 75 million yevro to‘lashdi.

Kiritildi: 00:51, 09.01.2023.
O'qildi: 5167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.